YuKSAK REJALAR IJROSIGA BOR KUCh-GʻAYRATIMIZNI SAFARBAR ETAMIZ
Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasini oʻta qiziqish bilan toʻlqinlanib tingladik. Yurtboshimiz eng avvalo jahon miqyosida soʻnggi yuz yilda roʻy bermagan ulkan falokat toʻgʻrisida gapirib, pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun – har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar yetkazayotganligi, shu bilan birga bugungi kunga qadar dunyo boʻyicha 500 millionta ish oʻrni yoʻqotilganligini taʼkidlab oʻtdilar. Davlatimiz tomonidan pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun jami 82 trillion soʻmlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida 800 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga 1 trillion soʻmdan ortiq moddiy yordam koʻrsatilgan. Shu jumladan aytadigan boʻlsam, birgina bizning Amudaryo tumanimizda tijorat banklari tomonidan 7213 ta kredit shartnomalari boʻyicha 61 mlrd. 500 mln. soʻmlik kreditlarni toʻlash muddati kechiktirildi. Shuningdek, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida 11,5 ming fuqarolarga 6,5 mlrd. soʻmlik moliyaviy yordamlar koʻrsatildi.
2021-yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berilishi bilan sohalarni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish belgilandi.
Kambagʻallikni qisqartirish borasida kompleks yondashuv va nostandart usullar joriy etiladi. 2021-yildan toʻliq ishga tushadigan “Ijtimoiy reyestr”da “Temir daftar”dagi barcha maʼlumotlar qamrab olinib, ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron shaklda koʻrsatiladi.
Endilikda “Temir daftar”ga kiritilgan har bir fuqaroni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha “motivatsiya, koʻnikma va moliyaviy koʻmak” tamoyili asosida yangi mexanizm joriy etiladi.
Investitsiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirib, xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ulushini oshirish, 2021-yilda 23 mlrd. dollar qiymatidagi investitsiyalarni oʻzlashtirish, natijada 226 ta yirik sanoat va infratuzilma obʼektlari ishga tushirilishi belgilandi.
Murojaatnomada taʼkidlanganidek, global pandemiya oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligini yana bir bor tasdiqladi. Shu boisdan ham asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida import sohasidagi boj toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlar yana bir yilga uzaytirildi.
Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish boʻyicha yanada qulaylik yaratish maqsadida 105 ta litsenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilinadi, 115 tasi boʻyicha esa tartib-qoidalar soddalashtiriladi.
Tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni davom ettirish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kelgusi yilda 6 trillion soʻm imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Bundan buyon har bir qishloq yoki mahalla oʻz yoʻnalishi va “oʻsish nuqtalari”dan kelib chiqib rivojlantiriladi. Buning uchun 2021-yilda 3 trillion soʻmlik mablagʻga ega boʻladigan hududlar infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi tuziladi.
2021-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun Xalqaro moliya institutlarining 270 million dollar mablagʻi yoʻnaltiriladi.
Prezidentimiz Murojaatnomasida barcha sohalarni tubdan oʻzgartirish maqsadida belgilab bergan vazifalari bizning zimmamizga ham ulkan masʼuliyatlar yuklaydi. Xalqimizning obod-farovon, toʻkin va osoyishta yashashi, yurtimiz ravnaqi yoʻlida bor kuch-gʻayratimizni safarbar etamiz.
Qadamboy ISMOILOV, tuman hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik boʻyicha majmuasi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶