30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,272

Xazina kalitini tutgan pillakor oila

Xazina kalitini tutgan pillakor oila

Pillachilikni yetti xazinaning biri, deyishadi. Shundanmi, bu sohaning sir-sinoati bilan yashab kelayotgan insonlar pillachilik bilan bogʻliq mavsum ishlarini sogʻinib yashaydilar.

- Oʻtgan asrning 58-yilida rahmatlik Xalilla buvangiz bilan turmush qurganmiz, – deydi Xitoy qishlogʻilik 72 yoshli pillakor onaxon Oyimgul ena Masharipova. – Oʻsha yiliyoq ipak qurti parvarishlashni boshlaganman. Hisoblab qarasam, bu yil pillachi boʻlganimga 56-yil toʻlibdi-ya! Umrning oʻtganini qarang-a!

Kolxozda oddiy traktorchi boʻlib ishlaydigan rahmatlik Xalilla Masharipov va Oyimgul Masharipovalar juda ogʻir sharoitlarda ipak qurti parvarishladilar. Bir vaqtning oʻzida 4-5 gektar yerdagi gʻoʻza yaganasi, oʻtoq qilishdek mashaqqatli ishlar orasida 2-3 quti ipak qurtini parvarishlab, 120-150 kilolab yuqori sifatli pilla hosili olishardi.

Oyimgul enaning farzandlari ham biri-biridan mehnatkash. Ayniqsa, kelinlarining chaqqonligini aytmaysizmi. Ipak qurti boqish uchun moʻljallangan koʻtarma soʻrilarni ham pillachi Oyimgul enaning kelinlari oʻz qoʻllari bilan qurishgan.

- Pillachilik – xazina, - desam bolalarim qanday xazina, - deyishardi. Xazinaki, kaliti mehnatda, mehnatning tagidagi rohat-farogʻatda! 11 nafar farzandim uyli-joyliboʻlib, oʻzlaridan tinib-tinchib ketishdi. Ipak qurtiday, ipakday eshildim-a!

Momo quvonch bilan soʻzlaganicha bor. 11 nafar farzandi bilan 56-yil ipak qurti parvarishlab, "ipakday eshilgan” momoning katta xonadonidan ildiz otib, mustaqil oila boʻlgan oʻgʻil-qizlari bugun bir mahalla ahliday goʻyo. 70 dan ortiq nevara-chevaralarga kelinlari-yu kuyovlarini ham qoʻshib hisoblasak. 100 nafarga yetadi-yov!

- Ana shular-da, xazinaning kalitlari! – deydi momo quvonch bilan.

Mavsumda bir quti ipak qurti urugʻidan 80 kilo pilla topshirishni moʻljallab turgan Oyimgul ena hamon bardam-baquvvat. Kelini Manzuraxon qurtxonaga bir marta kirsa, momo ikki-uch marta kirib, ipak qurtlarining rivojlanish jarayonini kuzatadi.

- Enamiz pillachilik ilmining bilimdoni boʻlib ketganlar, - deyishadi kelinlari.

- Pillaning sifati, ipakchanligi ipak qurtining qanday oziqlanganligiga bogʻliqda, - deydi momo. - Men olimlarning tilini bilmayman-u lekin shu jonivorning tilini ham, tabiatini ham yaxshi bilaman. Agar ipak qurtiga dasta vaqtida qoʻyilmasa, bir oy qilgan mehnatingiz bir pul. Pilla oʻrayman, deb turgan jonivor ipak sochish uchun dasta (joy) izlab-izlab oxiri mirgʻizi toʻkib tashlaydi.

- Bu nima degani, momo? – qiziqdik.

- Pillachi olimlar nima deyishini bilmayman-u, ipak qurti maʼlum harorat ichida pilla oʻrashni boshlaydigan paytda uni oʻziga tortuvchi xushboʻy dasta qoʻyilmasa, ipak qurti oʻz vazifasini unutib, gʻumbakka aylanib qoladi, yaʼni pilla oʻramaydi, ayniydi va hosil barbod boʻladi.

Aslida momoning fikrlari hech bir mutaxassisnikidan kam emasdi. Shuning uchun 72 yoshida ham Oyimgul ena kelinlariga bosh boʻlib, "pillachilik ham bir xazina, atlasim, shoyim mening”, - deb shu xazina kalitini qoʻlida tutib, bardam-baquvvat, yugurib-yelib qurtxonadan beri kelmaydi. Biz esa momoning pilla xirmoniga baraka tilab, xayrlashdik.

Robiya YOʻLDOShEVA.

M.ShOMURODOV olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026