30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Siyosat 👁 3,180

Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori tobora yuksalmoqda

Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori tobora yuksalmoqda

OʻzA, Nodira Manzurova, Bobur Obidov, Sayyora Shoyeva, Iroda Umarova, Sarvar Oʻrmonov, Aʼlo Abdullayev, Otabek Mirsoatov, Alisher Isroilov (surat), 05.06.2014 21:28

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan "Oʻzbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya ishtirokchilari poytaxtimiz, Toshkent va Samarqand viloyatlarida boʻlib, mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish, qishloqlar qiyofasini oʻzgartirish, aholi farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar, yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashdilar.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni kengaytirish, fermerlik harakatini va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan tub islohotlar samarasida mamlakatimiz tarixan qisqa davrda oziq-ovqat mustaqilligiga erishdi.

Davlatimiz rahbarining 2011-yil 31-oktyabrda qabul qilingan "2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni va boshqaruvini tashkillashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori oziq-ovqat sanoatining izchil taraqqiy etishida muhim dasturulamal boʻlmoqda.

Xalqaro konferentsiya ishtirokchilari Toshkent shahridagi "Gold Dried Fruits” masʼuliyati cheklangan jamiyati, "Green World” Oʻzbekiston-AQSh-Janubiy Koreya, "Lazzat Karamel” Oʻzbekiston-Shveytsariya qoʻshma korxonalarida boʻlib, oziq-ovqat sanoati sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan tanishdi.

2013-yilda tashkil etilgan "Gold Dried Fruits” korxonasi quritilgan sabzavot mahsulotlari va ziravorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yuzdan ziyod ishchi mehnat qilayotgan korxona bir kunda 120 tonna hosilni qayta ishlash quvvatiga ega. Mahsulotlarning 90 foizi eksport qilinmoqda.

"Oʻzbekiston iqtisodiyotning barcha sohalarida izchil rivojlanayotgan mamlakat, – deydi Atrof-muhitni oʻrganish instituti direktori, professor Maykl Edelshteyn (AQSh). – Mamlakatingizga har gal kelganimda ulkan oʻzgarishlarning, barcha sohada qoʻlga kiritilayotgan yangi-yangi yutuqlarning guvohi boʻlaman. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bu jihatdan Toshkentda oʻtkazilayotgan xalqaro konferentsiya gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston koʻrkam bogʻ-rogʻlari, shirin-shakar mevalari bilan dunyoga mashhur. Quyosh nuriga toʻyingan bunday mazali mevalarni boshqa hech qaysi mamlakatda uchratmaganman”.

Chet el investorlarining mamlakatimizga sarmoya kiritishga qiziqishi tobora oshmoqda. Buni mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalaridagi qator sarmoyaviy loyihalarda faol ishtirok etayotgan xorij kompaniyalari misolida ham koʻrish mumkin. Poytaxtimizdagi "Green World” Oʻzbekiston-AQSh-Janubiy Koreya qoʻshma korxonasi ana shunday muassasalardan.

Bu yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan turli sharbatlar, murabbo, shinni va konservalangan tuzlamalar tayyorlanadi. Bejirim qadoqlanayotgan meva sharbatlari yuqori sifati, xushtaʼm va tabiiyligi bilan ajralib turadi.

"Prezident Islom Karimovning uzoqni koʻzlab yuritayotgan oqilona siyosati tufayli Oʻzbekistonda har soha, jumladan, oziq-ovqat sanoati izchil taraqqiy etayotganining guvohi boʻldik, – deydi Kordoba viloyatining Fermerlar uyushmasi prezidenti, Ishbilarmonlar palatasi raisi Ignasio Fernandes de MESA (Ispaniya). – Oʻzbekistonning jahondagi obroʻ-eʼtibori tobora yuksalmoqda. Bu mamlakatingizda bozor iqtisodiyotiga oid islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish natijasida qoʻlga kiritilayotgan ulkan yutuqlarning xalqaro hamjamiyat, xususan, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki kabi koʻplab yirik moliya muassasalari tomonidan eʼtirof etilishida oʻz ifodasini topmoqda. Konferentsiya ishtirokchilari uchun uyushtirilgan biznes-uchrashuvlar, qator korxonalar faoliyati bilan tanishuv mamlakatingiz iqtisodiy salohiyati haqida boy tasavvurga ega boʻlish imkonini bermoqda. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, meva va sabzavotlar, ulardan tayyorlanayotgan sharbatlar yuqori sifati, xushtaʼmligi va tabiiyligi bilan havasimizni tortdi. Mevalarning bu qadar koʻpligi, turlarining xilma-xilligi, bir-biridan mazaliligi bizni lol qoldirdi. Oʻzbekistonlik ishbilarmonlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʻrnatish, mavjud munosabatlarni yanada mustahkamlash niyatidamiz”.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qandolat mahsulotlari orasida "Lazzat Karamel” Oʻzbekiston-Shveytsariya qoʻshma korxonasi masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tayyorlanayotgan 30 turdagi shirinliklar isteʼmolchilarga maʼqul kelayotir. "Lazzat Karamel” yiliga toʻrt ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.

"Tashkilotimiz Oʻzbekiston bilan koʻp yillardan buyon samarali hamkorlik qilib kelayotir, – deydi Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi raisining oʻrinbosari Xaled Muhammad Al-Abudiy. – Oʻzbekistondagi korxonalarning faoliyati yil sayin takomillashib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi koʻpayib, sifati tobora oshib borayotganini alohida taʼkidlashni istardim. "Asaka”, "Asia Alliance” kabi oʻnga yaqin banklar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelyapmiz. Shu paytgacha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga doir, xususan, Oʻzbekistondagi 172 korxonani moliyalashtirishga oid koʻplab qoʻshma loyihalarni amalga oshirdik. Kelgusida qoʻshma loyihalarimiz qamrovi yanada kengayadi, degan umiddaman. Mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy ettirish borasida Prezident Islom Karimov tomonidan olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq”.

Mehmonlar Toshkentdagi "Farhod” dehqon bozorida ham boʻldilar.

"Kompaniyamiz oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadi, – deydi "OTTO Young Heung Groceries” kompaniyasi prezidenti Seo Xyun Su (Janubiy Koreya). – Konferentsiya doirasida poytaxtingizdagi quritilgan sabzavotlar, turli sharbatlar, konservalangan mahsulotlar va shirinliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qator korxonalarda boʻlib, mahsulot tayyorlash jarayoni bilan yaqindan tanishdim. Oʻzbekiston bozorlari oʻzining betakror jozibasi, toʻkinligi bilan dovruq qozongan. "Farhod” dehqon bozoridagi fayzu barakani koʻrib, dilim yayradi. Konferentsiya doirasida "Green World” va "Arktika Bottlers” korxonalari mahsulotlarini sotib olish boʻyicha yaqin hamkorlik oʻrnatish niyatidaman”.

Xorijlik mehmonlar Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi "Istiqlol" mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, bu yerda namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar bilan tanishdi.

Mazkur mahallada ijtimoiy-madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish inshootlari puxta ishlab chiqilgan reja, zamonaviy meʼmorlik loyihalari asosida qurilgan. Mahalla guzarida qad rostlagan supermarket, non tsexi aholining ehtiyojlariga mos faoliyat koʻrsatmoqda.

"Oʻzbekistonning qishloq joylarida qurilayotgan yangi uy-joylar loyihalari pishiq va har tomonlama qulay ekaniga ishonch hosil qildik, – deydi "Plantrees” kompaniyasining savdo boʻyicha direktori Karolin Lamber xonim (Belgiya). – Loyihada oila aʼzolarining barcha ehtiyojlari inobatga olingan. Xonadonlar gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlangan, hududda mini-marketlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Non tsexida tayyorlanayotgan ellik turdagi non mahsulotlaridan tatib koʻrdik. Keng, batartib, fayzli koʻchalar, hovlilarda yashnab turgan daraxtlar, gullarning tarovatidan bahri-dilingiz ochiladi. Mamlakatingizdagi tinchlik, obodlik va farovonlikka havasim keldi”.

"Toshkent bogʻ-rogʻlari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida nok, olma va olxoʻri yetishtirilmoqda. 50 gektarda joylashgan intensiv bogʻdan oʻtgan yili dastlabki hosil olindi.

"Oʻzbekiston meva-sabzavot va uzum yetishtirish boʻyicha dunyoning koʻplab davlatlari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi, – deydi "DISYS” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Kim Ki Xvang (Janubiy Koreya). – Bu Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasida ancha ilgarilab ketganidan dalolatdir. Korxonamiz fermer xoʻjaliklariga mobil telefon yordamida issiqxonalarni nazorat qilishga moʻljallangan texnologiyalarni taqdim etadi. Yurtingizda fermerlarga yaratilayotgan imtiyozlarni hisobga olsak, bu texnologiyaning sohaga tatbiq etilishi mulkdorlarni axborot texnologiyalari bilan taʼminlash imkonini beradi”.

"Oʻzbekistonda sabzavotlarni qadoqlash boʻyicha ilgʻor tajriba toʻplangan, – deydi "Junction Xervices” kompaniyasi ijrochi direktori Dar Yap xonim (Singapur). – Konservantlar va kimyoviy qoʻshimchalarsiz tuzlangan bodring taʼmi ogʻzimda qoldi. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va tekstil sanoati rivojlangani haqida eshitganman. Qayta ishlashning bunchalik yuksalgani haqida bilmas edim. Bu yerda faoliyat yuritayotgan yoshlarning gʻayrati, korxonadagi tozalik, sanitariya meʼyorlarini koʻrib hayratda qoldim”.

Xalqaro konferentsiya ishtirokchilari Zangiota tumanidagi "Master Delikatesov” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan ham tanishdi. Mazkur korxona kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

"Oʻzbekistondagi tinchlik-osoyishtalik, bozorlardagi toʻkin-sochinlikka havasim keldi, – deydi "Putra” universitetining muhandislik fakulteti dekani, professor Azmiy bin Dato Yahyo (Malayziya). – Hozir koʻplab davlatlarda notinchliklar, oziq-ovqat taqchilligi yuz bermoqda. Narx-navoni kuzatib, oʻzimizniki bilan taqqoslab koʻrdik. Narxlar juda arzon. Eng muhimi, mahsulotlarning barchasi ekologik sof va tabiiy. Bunday toʻkinlik, arzonchilik, moʻl-koʻlchilikka shukr qilish, uning qadriga yetish zarur”.

Xalqaro anjuman ishtirokchilarining bir guruhi Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Samarqand tumanidagi "Ohalik oltin bogʻi mevasi” fermer xoʻjaligida 680 gektar maydonda intensiv bogʻ tashkil etilgan. Bu yerda yiliga 10 ming tonna meva yetishtirilmoqda. 2013-yilda 3 million dollar miqdorida daromad olingan. Xoʻjalikda yetishtirilayotgan mevaning 2,5 ming tonnasi qayta ishlanib, oʻnga yaqin mamlakatga eksport qilinmoqda.

"Ushbu fermer xoʻjaligida intensiv texnologiya asosida yaratilgan bogʻlar menda katta taassurot qoldirdi, – deydi Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boʻyicha uyushmaning loyiha rahbari Paulina MOR xonim (Germaniya). – Mevalar taʼmi va xush boʻyi bilan alohida ajralib turibdi. Ekinlarni tomchilab sugʻorish usuli ham oʻziga xos. Bogʻdorchilikka ixtisoslashgan Germaniyaning koʻplab kompaniyalari Oʻzbekiston bilan mazkur yoʻnalishda hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda. Oʻzbekistonda yetishtiriladigan barcha turdagi mevalar, jumladan, quruq mevalar jahon bozorida yuksak qadrlanadi”.

2002-yilda tashkil etilgan "Agromir Samarqand” qoʻshma korxonasi nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlar bozorida ham oʻz xaridoriga ega. Korxonada meva-sabzavotlardan konservalangan mahsulotlar, meva sharbatlari va nektarlar ishlab chiqariladi. Ular qator mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

"Ushbu qoʻshma korxona faoliyati bilan tanishib, oʻzim uchun katta tajriba orttirdim, – deydi "Great Lakes Agro Energy” kompaniyasining bosh texnologi Jon Mark Xakni (AQSh). – Bu yerda ilgʻor texnologiyalar va xalqaro andozalar asosida ishlab chiqarilayotgan turli sharbatlar va konserva mahsulotlarining taʼmi ogʻizda qoladi. Mazkur korxonada oʻrganganlarimni, orttirgan tajribamni kompaniyamizda qoʻllash niyatidaman. Kompaniyamiz mamlakatingiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatishdan manfaatdor”.

Mehmonlar Samarqanddagi Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi va boshqa tarixiy obidalarni katta qiziqish bilan tomosha qildi, shaharda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026