30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:38
Jamiyat 👁 171

HAR BIR SOʻZI HIKMAT, OʻZI BIR DUNYo

HAR BIR SOʻZI HIKMAT, OʻZI BIR DUNYo

 Alisher Navoiy haqida yozishga hech qachon shaylanmaganman. Negaki, bu aziz va takrorlanmas inson ijodi haqida yozish, qalam tebratish, tahlil qilish juda kata bilim va salohiyatni talab qiladi. Bolaligimizdan Alisher Navoiyning dilrabo sheʼrlari va gʻazallari, ruboiylarini yod olib katta boʻlganmiz. Soʻz va uning dur-u gavharligiga ishora qiluvchi purhikmat satrlari deysizmi, “oldiga qoʻyganni yemoq hayvonning ishi boʻlsa, ogʻziga kelganni demoq nodonning ishi” ekanligini uqtirgan hikmatlari deysizmi, soʻz qudratini his qilish, muomala madaniyatiga eʼtibor qaratish zarurligini bizning qon-qonimizga singdirib kelgan. Dunyoni larzaga slogan, forsiyzabon ijodkorlarni “ xudoga shukr, bu asarni turkiyda bitdi” - deya quvontirgan “Xamsa” asari butun oʻzbek nomini dunyoga tanitdi.
Shoh va shoir Husayn Boyqaro “Xamsa” asari yaratilishi munosabati bilan shahar koʻchalarida Navoiyni oq otga mindirib shoirga ehtirom koʻrsatgan. Davlat hukmdori tomonidan buyuk muhabbat bilan qarshi olingan “Xamsa” asaridagi Farhod obrazi yoshlarda ilmga muhabbatni oshirib, dunyo va toj-taxtdan koʻra, bilim olish zarur ekanligini oʻrgatadi. Bahrom timsoli orqali esa shon-u shuhratga, maqtovga berilmaslik, shoshib qaror chiqarmaslik fazilatlarini oʻrganishimiz mumkin.
Yoshligidan sheʼr va adabiyotga ixlos qoʻygan yosh Alisherning ijodiga mavlono Lutfiy tomonidan bildirilgan iliq fikrlar, butun umri davomida yaratgan asarlarini ikki misra sheʼriga alishmoqchi boʻlganligini har bir yosh, maktab oʻquvchisi juda yaxshi biladi. “Birisin oy angla, birisin quyosh” deya ota-ona hurmatini bajo keltirishga qaratilgan purhikmat satrlari barcha turkiyzabon xalqlar qalbidan joy olib ulgurgan. Shoir sheʼrlarini nafaqat turkiy xalqlar, balki turkiy boʻlmagan xalqlar ham sevib mutolaa qilishgan, Zero uning: “Koʻngil bermish soʻzimga turk jon ham, ne yolgʻiz turk balkim turkmon ham”, deb eʼtirof etishi bugungi kunda ham oʻz isbotini topmoqda. Boku, Tokio, Moskva va boshqa shaharlarda qad koʻtarib, oʻzbekning faxri boʻlib turgan Alisher Navoiy haykali uning ijodiga butunjahon xalqlari ham beeʼtibor emasligini namoyon etadi.
Abdulla Oripov taʼkidlaganidek, “Dunyo degan shundayin, anglab boʻlmas sir ekan” . Bu dunyo sir-sinoatlarini izlab, asarlarida yoritgan Alisher Navoiychalik hech kim harakat qilmagandir. 16 xil janrda ijod etgan aziz bobokalonimiz sheʼriyatining oʻzi bir katta dunyo, katta sir.
“Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanligʻ,
Yor oʻling bir-biringizga erur yorligʻ ish”,
 degan goʻzal misralari xalqimiz qadriyatlaridan hisoblangan mehr-muruvvarlilik, mehribonlik, hamjihatlik kabi tushunchalar bilan hamohangdir.
Har bir dars ishimizda  shoirning hikmatlarga toʻla ibratli fikrlarini yoshlarga oʻrgatishimiz, shaxsan oʻzlarimiz ham amal qilishimiz orzim.
Alisher Navoiy bobomiz ana shunday dunyo ichra dunyodir, har nafas undan faqat saboq va ibrat olishimiz mumkin. Bu yil mamlakatimizda shoirning 580 yilligi keng nishonlanmoqda. Shoir ruhiga xatmi Qurʼon qilinib, 9-fevral tongi uning pok xotirasiga Qurʼon tilovati bilan boshlanadi. Buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar boʻlib voyaga yetayotgan yoshlarimiz ajib chaman iforidan mangu bahramanddirlar boʻlajak. Shoir ruhi doimo biz bilan, biz uning farzandlarimiz.

Guloyim BEGJANOVA, 11-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026