Bola tarbiyasiga barchamiz masʼulmiz
Xalqimizda: "bir bolaga yettimahalla ota-onadir”, - degan hikmat bor. Bu nainki hikmat, balki zamonlar sinovidan oʻtib, bizgacha yetib kelgan maʼnaviy-tarbiyaviy oʻgit hamdir. Chunki qoʻshnining tarbiyasiz bolasiga tanbeh berib, yoʻlga solgan kishidan el-yurt ham, ota-ona ham minnatdor boʻladi. Yuz berishi mumkin boʻlgan koʻngilsizlikning oldi olinadi.
Bizning "Doʻstlik” mahallamizda voyaga yetmaganlar bilan ishlashishga va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga doimiy eʼtibor bilan qaraladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktyabrdagi 274-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Fuqarolar yigʻinining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilab qoʻyilgan vazifalarga muvofiq ravishda ish yuritiladi. Mahalla hududida istiqomat qiluvchi 3445 nafar aholining 1540 nafari voyaga yetmagan oʻsmir-yoshlar ekanligini hisobga olgan holda ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga, huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini taʼminlashga jiddiy eʼtibor beriladi. Ayniqsa, 8 ta yoʻnalish boʻyicha 704 nafar oʻquvchi tahsil olayotgan Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻquvchilari bilan diniy-ekstremizm, giyohvandlikka qarshi kurash, ichkilikbozlik va kashandalikning zarari mavzularida tez-tez davra suhbatlari, savol-javoblar, madaniy-maʼrifiy tadbirlarning mahallaga biriktirilgan militsiya tayanch punkti profilaktika noziri hamda tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bilan hamkorlikda oʻtkazilishi ijobiy natija bermoqda.
Muxtorjon Qoʻchqorov,
"Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini "Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶