VAFOT ETGAN ShAXSNING HUJJATLARINI OʻZGARTIRISh FHDYo ORGANI TOMONIDAN AMALGA OShIRILADI
Vafot etgan shaxsning FHDYo boʻlimi tomonidan qayd qilingan hujjatlariga tuzatish va qoʻshimchalar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabr kungi 387-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 148-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Dalolatnoma Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan boʻlgan taqdirdagina undagi yozuvlarga oʻzgartirishlar, tuzatishlar, qoʻshimchalar kiritish yetarli asoslar mavjudligiga qarab, ushbu yozuvlar saqlanayotgan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun manfaatdor shaxslar oʻrtasida ham nizo boʻlmasligi kerak.
Oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslarning tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar kiritish ularning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar kiritish ularning ota-onasi yoki qonuniy vakillarining arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin.
Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish yaqin qarindoshlar yoki merosxoʻrlarning arizasiga koʻra FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.
Vafot etgan shaxslarning tugʻilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va qoʻshimchalar sud qaroriga asosan FHDYo organi tomonidan kiritiladi.
FHDYo organining dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritishni rad etishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Sanobar Xolboyeva, tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶