Tuman hafta ichida
31-may
Bolalar orasida "A” vitamini tanqisligining oldini olish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tumanimiz boʻyicha "Bolalar salomatlik haftaligi” muvaffaqiyatli yakunlandi.
1-iyun
Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yangiobod mahallasida yangidan qurilgan bolalar oʻyingohi ish boshladi.
2-iyun
"Mahalla" xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan tumanimiz hududlaridan tashrif buyurgan sportchi oilalar ishtirokida "Otam, onam va men - sportchi oilamiz" shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazildi.
3-iyun
Tuman "Salomatlik markazi" tomonidan Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejida sogʻlom turmush tarzining asosiy yoʻnalishlariga bagʻishlangan sanitariya-targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda Qilichboy, Xolimbeg, Doʻrman ovullari va ular tarkibidagi mahallalar faollari hamda yoshlar ishtirok etishdi.
4-iyun
"Sogʻlom avlod uchun" xalqaro xayriya fondining Qoraqalpogʻiston filiali koʻchma brigadasi tumanimizda boʻlib, "Oʻrta qalʼa” va "Olmazor” QVPlarida tugʻish yoshidagi ayollar, yosh oʻsmirlar, yakka-yolgʻizlar va pensionerlar uchun tibbiy koʻrik tashkil qildi. Shuningdek, ijtimoiy-himoyaga muhtoj aholi qatlamiga bepul dori-darmonlar tarqatildi va 3 nafar nogironlarga nogironlik aravachalari sovgʻa qilindi.
5-iyun
"Kamolot" YoIH tuman Kengashi, tuman hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya hamda tuman ichki ishlar boʻlimi hamkorligida tumandagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻquvchi-yoshlar bilan diniy ekstremizm, huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha suhbatlar oʻtkazildi.
6-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 23-maydagi 2014-yil gʻalla hosilini oʻrib-yigʻib olish boʻyicha Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizda gʻalla oʻrim-yigʻim mavsumi oldidan taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶