MAKTABDA SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ TADBIRI OʻTKAZILDI
Soʻnggi qoʻngʻiroq har bir maktab bitiruvchisining xotirasida bir umr saqlanib qoladigan hayajonli tadbirdir. Qadrdon maktab va ustozlar ham yana bir avlodni mustaqil hayot ostonasiga kuzatib qoladi.
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilda umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari uchun mazkur tadbirni karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat berilgan sababli joylardagi kabi tumanimizda ham barcha umumtaʼlim maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari jarangladi.
25-may kuni tumandagi 36-sonli maktabda yangragan soʻnggi qoʻngʻiroqning jarangli sadolari ostida bitiruvchilar mustaqil hayot sari dastlabki qadamni qoʻyishdi. Tadbirda maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilari, pedagoglar va Chordara mahalla fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari B.Irzayeva, tuman IIB VSH boshligʻi M.Rahmatullayev hamda ota-onalar ishtirok etdilar. Tadbirni maktab direktori Q.Nurimbetov ochib berdi va yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, taʼlim tizimidagi islohotlar, bu borada maktabda olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi. Jumladan, oʻquvchilarning fanlar olimpiadalari, sport musobaqalari, koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki, erishgan yutuqlari haqida soʻz yuritdi. Shundan soʻng, tuman IIB VSH boshligʻi M.Rahmatullayev, Chordara mahalla fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari B.Irzayeva hamda ota-onalar soʻzga chiqib, bitiruvchilarga oq yoʻl tiladi.
Tadbir davomida aʼlo oʻqishi, jamoat ishlarida faol qatnashganligi, sport sohasida erishgan yutuqlari uchun bir guruh oʻquvchilari “Faxriy yorliqlar” bilan taqdirlandilar. Soʻngra bitiruvchilarning dil soʻzlari, ustozlarga atalgan kuy-qoʻshiqlar, dilrabo raqslar bilan tadbir davom ettirildi.
Eng hayajonli lahzalarda soʻnggi qoʻngʻiroq jarangladi va bitiruvchilarni mustaqil hayot sari chorladi.
Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶