30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 05:30
Fan va taʼlim 👁 331

76-sonli maktabda fizika fani boʻyicha respublika ilmiy-amaliy oʻquv metodik seminari boʻlib oʻtdi

76-sonli maktabda fizika fani boʻyicha respublika ilmiy-amaliy oʻquv metodik seminari boʻlib oʻtdi

Fan – texnikaning rivojlanishi va axborot texnologiyalari sohasidagi erishilayotgan yutuqlarni umumiy oʻrta taʼlim maktablari darsliklari, ayniqsa, fizika fanida oʻrganishga eʼtibor qaratish davr taqozosidir.

Shulardan biri – virtual laboratoriyadir. Virtual laboratoriya – bu grafik, matn, raqamli, musiqali video va boshqa axborotlarning yigʻindisi boʻlib, undan kompyuter tarmoqlari orqali foydalanish mumkin.

Virtual laboratoriya ilmiy-malakaviy bilimlar maydonida tizimlashtirilgan materiallarda tashkil topgan boʻlib, bu maydonda oʻquvchi, studentlarning bilimlarini faol oʻstirib borish imkoniyati mavjud. Shu boisdan ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining takliflari asosida virtual laboratoriyalarni tajriba-sinov tariqasida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fizika fanidan oʻquv jarayoniga tatbiq etish nazarda tutilmoqda.

24-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 76-sonli maktab faollar zalida “Fizika fanidan bilim sifatini orttirishda virtual laboratoriyalarni oʻquv jarayoniga tatbiq etishning ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy oʻquv metodik seminari boʻlib oʻtdi.

Oʻquv metodik seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Respublika taʼlim markazi direktori oʻrinbosari Oybek Davletov, taʼlim markazi fizika fani uslubchisi Oʻringul Joʻldasova, Nukus davlat Pedagogika instituti oʻqituvchisi Kengesbay Turdanov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi masʼullari, tumanimiz maktablarining fizika fani oʻqituvchilari, shuningdek, respublika tumanlari Xalq taʼlimi boʻlimlari fizika fani uslubchilari, maktablarining fizika fani oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Oʻquv seminarni tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismoilov ochdi va oʻtkazilayotgan tadbirdan koʻzlanayotgan maqsad-vazifalar haqida gapirdi.

Tadbirda ishtirok etgan masʼullar fizika fanidan oʻquv jarayoniga tatbiq etilishi rejalashtirilayotgan virtual laboratoriya, uning ahamiyati xususida maʼruza qildilar.

Shuningdek, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tizimidagi 40-sonli maktabning fizika fani oʻqituvchisi Sarvar Yaxshimov, 18-sonli maktabning fizika fani oʻqituvchisi Nilufar Otaboyeva, Nukus shahar Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 22-sonli ixtisoslashtirilgan maktab fizika fani oʻqituvchisi Gulzira Saparovalar virtual laboratoriyadan foydalangan holda ochiq dars oʻtdilar.

Respublika tumanlaridan kelgan fizika fani oʻqituvchilari “Zakovat” intellektual oʻyinida ishtirok etib, oʻz mutaxassisliklari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Oʻquv seminar ishtirokchilari taʼlimdagi yangiliklardan xabardor boʻlib, oʻzaro tajriba almashdilar, bir-biridan oʻrganib, bir-biridan oʻrgandilar.

Tadbirda faol qatnashgan oʻqituvchilarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining faxriy yorliqlari topshirildi.

Otabek OLLAYoROV, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi uslubchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026