14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:31
Fan va taʼlim 👁 267

36-SONLI MAKTABDA “KONSTITUTsIYa BAXTIMIZ QOMUSI” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

36-SONLI MAKTABDA “KONSTITUTsIYa BAXTIMIZ QOMUSI” DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Mamlakatimiz boʻylab Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 29 yilligi keng nishonlandi. Hududlarda, korxona-tashkilotlarda, shu qatorida umumtaʼlim maktablarida ham ushbu bayram munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etildi.

Konstitutsiyasining 29 yilligi arafasida 36-sonli maktabda ham oʻquvchilarning huquqiy ongini yuksaltirish va olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida darslarda “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya - mening taqdirimda” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari oʻtkazildi.

7-dekabr kuni 36-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 6-“A” sinfi oʻquvchilari tomonidan “Konstitutsiya —  baxtimiz qomusi” deb nomlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tarix fani oʻqituvchisi Nurbek Ataxanov va sinf rahbari Dilnura Boboniyozovalar tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirga maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilar taklif etildi.

Soʻzga chiqqanlar barchani qutlugʻ bayram bilan muborakbod etib, Konstitutsiyamizning tarixi, bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati, soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mohiyati va mazmuni haqida toʻxtalib oʻtdilar. Shuningdek, Konstitutsiyamizda bizning bosh maqsadimiz – faqat huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat qurish ekani aniq-ravshan belgilab berilgani xususida keng toʻxtaldilar. Xalqimizning adolat va haqiqatga intilish, adolatli jamiyat qurishdek asriy orzularini amalga oshirish uchun huquqiy demokratik davlat va adolatli jamiyat qurish borasidagi konstitutsiyaviy normalarni hayotga tizimli ravishda, keng joriy etish ustuvor vazifamiz boʻlishi kerakligini eʼtirof etdilar. Bosh Qomusimiz jamiyat va fuqarolar, ayniqsa, yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etishini alohida aytib oʻtdilar.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Bosh qomusimiz mamlakatimizda suveren demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini taʼminlash, iqtisodiyotimiz rivoji va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning asosiy huquqiy kafolati boʻlib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaning muhim jihati, unda inson huquqlari eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etilganidir. Zero, Bosh Qomusimizning barcha tamoyillari, avvalo, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan boʻlib, davlatning majburiyati ushbu huquq va erkinliklarni taʼminlashda aks etadi.

Oʻquvchilar tomonidan Konstitutsiyaga bagʻishlab oʻzbek, rus va ingliz tillarida sheʼrlar oʻqildi, Konstitutsiyaning ayrim moddalari keltirilib, ular boʻyicha keng tushunchalar berildi. Sahna koʻrinishi, raqslar va qoʻshiqlar ijro etildi.

Bunday tadbirlar oʻquvchilarda Vatanga muhabbat, bosh Qomusimiz-Konstitutsiyamizga hamda davlatimiz ramzlariga hurmat tuygʻularini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Oʻquvchilar tadbir davomida davlatimizning Asosiy Qonuni – Konstitutsiya haqida oʻzlarining nechogʻliq darajada chuqur bilimlarga ega ekanligini namoyish etdilar.

Qiziqarli va koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir oʻquvchilarning Konstitutsiya haqidagi bilim va tushunchalarini yanada boyitdi.

O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019