29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 11:16
Fan va taʼlim 👁 353

KASBLAR FESTIVALI OʻTKAZILDI

KASBLAR FESTIVALI OʻTKAZILDI

Umumiy oʻrta taʼlim  maktablari oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish, ularning biror kasbga mehr qoʻyilishiga va shu kasbni egallash uchun  chuqur bilim olishiga erishish taʼlim tizimining asosiy  vazifalaridandir. Chunki inson hayotda oʻz oʻrnini kasbiy faoliyati, xulq-atvori va yaqinlariga, yurtiga mehr-muhabbati orqali topadi.

Shu boisdan ham tumanimizdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari yuqori sinf oʻquvchilari orasida mehnati bilan elga tanilgan,kasbini ardoqlab, eʼzozlab xizmat qilayotgan insonlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar uyushtirib turiladi.

Shu yilning 10-dekabrida Choykoʻl ovulidagi 22-sonli maktabda ham “Kasbim – kelajagim” deb nomlangan kasblar festivali boʻlib oʻtdi.

Ushbu muassasada 689 nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Shuning 130 nafari 9-11-sinflar  oʻquvchilaridir.

Tadbirda ular toʻla qamrab olindi hamda tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismoilov, boʻlim psixolog-metodistlari Jasur Otajonov, Tatyana Pirlepesovalar, maktab oʻqituvchilaridan tashqari 11-,18-,26-, 28-, 33-, 42-, 59-, 65-maktablar direktorlari, psixologlari va yuqori sinflarining oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Oʻquvchilar ushbu kasblar festivalida mazkur maktabda faoliyat koʻrsatayotgan toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Musiqa, kitobxonlik, kompyuter savodxonligi toʻgaraklari, shuningdek, sportning voleybol, futbol boʻyicha tashkil etilgan toʻgaraklari faoliyati oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Ayniqsa “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tikuvchilik toʻgaragi aʼzolari tikkan kiyimlarning oʻziga xos bezaklar bilan zeb berilgani barchaning diqqatini tortdi.

Maktabga tashrif buyurgan ovulda faoliyat yuritayotgan duradgorlik, payvandlash, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shohobchasidan, goʻzallik salonidan va oʻgʻil bolalar sartaroshxonasidan tashrif buyurgan turli kasb egalarining kasb-hunarlar haqidagi suhbati oʻquvchilarning kasblar haqida fikr-oʻylarini boyitdi.

Kasblar festivalida tumandagi 1-sonli va 2-sonli kasb-hunar maktablarida oʻqitilayotgan kasb-hunarlar koʻrgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktabi amaliy sanʼat toʻgaragi aʼzolari ishlagan kulolchilik naqqoshlik, ganjkorlik ishlari namunalari, yumshoq oʻyinchoqlar, kiyimlar, bezaklar, quroqlarni koʻzdan kechirgan oʻquvchilar xalqimiz asrlar boʻyi asrab-avaylab kelayotgan qadimiy kasb-hunarlar bugungi kunda oʻz ahamiyatini yoʻqotmaganini yurakdan his qildilar. Shuningdek, oʻquvchilar ishlagan zamonaviy aviamodellar namoyishi ham barchaning diqqatini tortdi.

Tadbirda kasbning yaxshi-yomoni boʻlmasligi, uni chuqur egallash uchun zamonaviy bilimlar bilan qurollanish zarurligi taʼkidlandi.

Koʻrgazma soʻngida oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi.

Kasblar festivali oʻquvchilarga unutilmas taassurotlar hadya etdi.

Shu yilning 11-dekabrida tumanimiz umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yuqori sinflari oʻquvchilarining tikuvchilik kasbiga qiziqish bildirgan 141 nafarining “Tamara tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga sayohati tashkil etildi.

Sayohat davomida oʻquvchilar u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu tadbirda ishtirok etgan tuman Xalq taʼlimi boʻlimi psixolog metodistlari Jasur Otajonov, Tatyana Pirlepesovalar kasb-hunarga mehr qoʻyish, kasb ustasi boʻlish – insonni ulugʻlashi haqida gapirdilar. Sayohat oʻquvchilarga juda manzur boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026