36-SONLI MAKTABDA HARBIY XIZMATChI MAHORAT DARSINI TAShKIL ETDI
Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha taʼlim maskanlari oʻquvchi va talabalari uchun qishki taʼtil davom etmoqda. Taʼtil davrida ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida esa onlayn olimpiadalar, toʻgaraklar va boshqa mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.
12-yanvar kuni 36-sonli maktabda ham 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tumanimizdagi DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. Dars davomida maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bahrom Xoʻjamurodov hamda harbiy xizmatchi Hamza Xoʻjaniyozov oʻquvchi-yoshlarga Vatanimizda Qurolli kuchlar tashkil etilganiga 30-yil toʻlganligi, mamlakatimizning harbiy salohiyati, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlar, yurt uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz jasorati haqida faxru-iftixor bilan soʻzlab berdilar. Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchi H.Xoʻjaniyozov harbiy-texnik jihozlar haqida keng tushunchalar berib oʻtdi. Shuningdek, oʻquvchilarga jangovar qurolni qismlarga ajratish va yigʻishni amalda bajarib koʻrsatdi.
Mahorat darsida oʻquvchi-yoshlar qalbida Oʻzbekiston Respublikasi Armiyasi va Qurolli Kuchlariga hurmat, faxr va iftixor, vatanparvarlik, jasurlik va mardlik, yurtga muhabbat tuygʻulari yanada mustahkamlandi.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶