30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:32
Fan va taʼlim 👁 2,259

BOʻLFUSI ARXITEKTOR

BOʻLFUSI ARXITEKTOR

Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtiborni koʻrib, biz yoshlarning ijodga, ilm olishga boʻlgan ishtiyoqimiz tobora ortmoqda. Ayniqsa, mana shunday iqtidorli yoshlarni izlab topish hamda ularning maʼlum sohaga boʻlgan qiziqishini oshirish, isteʼdodini kamol toptirish maqsadida koʻplab koʻrik-tanlovlar oʻtkazib kelinmoqda. Mana shunday koʻrik-tanlovlardan biri – "Kamolot” YoIH tomonidan oʻtkazilayotgan "Yurt kelajagi iqtidorli yoshlar qoʻlida” koʻrik-tanlovidir. Bu tanlovda 14 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻzlari qiziqqan yoʻnalish va nominatsiyalar boʻyicha isteʼdodlarini namoyish qiladilar.

Xuddi mana shu tanlovning tuman bosqichida faxrli oʻrinlarni egallagan 18 nafar amudaryolik yoshlar respublika bosqichiga yoʻl oldilar. Tanlovning respublika bosqichida qatnashgan ishtirokchilarning bir qanchasi "Eng faol qatnashgan ishtirokchi” deb topilib, diplombilan taqdirlandilar. 3 nafar ishtirokchi esa tanlovning Oʻzbekiston respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Mana shunday baxtga musharrafboʻlgan ishtirokchilarning biri hozirgi kunda Mangʻit Iqtisodiyot kasb-hunar kollejining 9-12 guruhida tahsilolayotgan Ixlos Yeshniyozovdir.

U shu tanlovning "Arxitektura va interer dizayni” yoʻnalishida oʻzining yasagan ikki qavatli uy maketi bilan ishtirok etdi.

Ushbu maketga hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baho berildi va Ixlosni faxrli ikkinchi oʻringa loyiq, deb topishdi. Tanlov gʻoliblari eʼlon qilinayotgan paytda "Amudaryo tumanidan” deya taʼrif berilib uning ism, familiyasi aytilganida koʻzlaridan yosh chiqib ketdi. Albatta bu quvonch yoshlari edi. Ixlos maktabda oʻqib yurgan kezlaridayoq koʻplab tanlovlar gʻolibi edi. Uning musiqaga, chizmachilikka boʻlgan mehri boʻlakcha. U skripkada kuy chalganida beixtiyor toʻlqinlanib ketardik. Ixlosning musiqaga boʻlgan ixlosini koʻrib, nazarimda sinfdoshim mashhur skripkachi boʻladi, deb oʻylardim, ammo uning arxitekturaga boʻlgan ishtiyoqi boʻlakcha. Kollejni tamomlab, arxitektura boʻyicha oʻz izlanishlarini davom ettirmoqchi.

Bir yozuvchi "Noʻnoq haykaltarosh tirik odamni shohsupaga chiqarib qoʻysa ham oʻlikka oʻxshaydi, haqiqiy haykaltaroshning oʻlik toshdan yasagan haykali ham tirikka oʻxshaydi. Talant degani shu!” deb yozgan edi. Haqiqatan ham Ixlosni haqiqiy isteʼdod egasi deyish mumkin. Sababi uning chalgan musiqalarida, yasagan maketlarida oʻzgacha maʼno bor.

Jamiyatimizda mana shunday tinib-tinchimas ijodkor yoshlar koʻp, ular vaqtni, hayotni qadrlashadi. Agar tengdoshlarim vaqtini boʻlmagʻur narsalarga sarflab, yoshligini bekorchilikda oʻtkazayotgan boʻlishsa, ularga tilagim shunday: izlaning, aziz yoshlar! Inson kelajagini oʻz qoʻli bilan yaratadi. Shunday ekan, hunar egallashga oshiqing, ilm olishga intiling!

Aziza MADRAHIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026