30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:58
Jamiyat 👁 5,440

OILAVIY VA ShAXSIY NAMUNA

OILAVIY VA ShAXSIY NAMUNA

Mangʻit shahrining "Durunki” mahallasida yashovchi Amangul Qayupovaning bizning elimizga kelin boʻlib tushganiga 33-yil toʻlmoqda. U asli qoraqalpoq qizi boʻlib, Respublikamizning Qonlikoʻl tumanidagi Qulamet jirov ovulida tugʻilib oʻsdi. 8 yillik maktabni tamomlagach, Xoʻjayli shahridagi pedagogika bilim yurtida tahsil olib, boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi mutaxassisligini egalladi. Uning keyingi hayoti Mangʻit shahri bilan bogʻlanib ketdi. Pedagogik faoliyati esa shahardagi 36-sonli maktab jamoasida boshlandi. Pedagogik faoliyatining dastlabki yillarida taniqli pedagog, Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi, rahmatlik Oymon opa Bobojonova yosh oʻqituvchiga oʻzining boy tajribalarini, boshlangʻich sinf oʻquvchilarini oʻqitish uslublarini sira erinmasdan oʻrgatib bordi. Natijada yosh oʻqituvchi Amangul Qayupova qisqa fursatda yetakchi oʻqituvchilar safidan joy oldi.

– Ustozim Oymon opa Bobojonova menga onam kabi mehribonlik qildi, bilim va tajribalarini saxiylik bilan oʻrgatdi. Bu qalbi daryo, bagʻrikeng, fidoyi insonning shogirdlari juda koʻp edi. Men shularning biri boʻlganimdan faxrlanaman va ustozimdan bir umr minnatdorman, -deydi Amangul Qayupova toʻlqinlanib.

Amangul Qayupova oilaviy jihatdan ham baxtli inson boʻlib, uning Matyoqubovlar oilasiga qoʻygan qadami qutlugʻ boʻldi. Shu bois, mana 33-yildirki, turmush oʻrtogʻi Koʻklan Matyoqubov bilan ahil-inoq hayot kechirib kelmoqda. Hakimboy, Hamida, Hamro va Xolida kabi solih farzandlarni kamolga yetkazishdi. Oʻgʻilqizlari kasb-hunarli. Oʻgʻillari ota kasbini tutib, elektr-gaz payvandlovchi boʻlib yetishishdi.

– 5 nafar nevaram bor. Danagidan magʻzi shirin, deganlari rost ekan. Nevaralar bilan oilamiz obod. Oʻgʻillarim Hakimboy, Hamro kasbimni yerda qoldirmay, davom ettirishmoqda. Men bundan juda xursandman, deydi oila sardori Koʻklan Matyoqubov biz bilan suhbatda.

Ha, "Durunki” mahalla fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Gavhar Mingboyevaning Matyoqubovlar oilasini namunali, tinch-totuv va ahil oila deganicha bor ekan. Men ham mazkur oila davrasida boʻlib, bunga amin boʻldim.

Amangul Qayupova maktabda oʻqituvchilik davrida jamoat ishlarida, turli tadbirlarda va koʻrik-tanlovlarda faol qatnashdi. U yetakchi pedagog-oʻqituvchi va faol jamoatchi boʻlgani uchun 2001-yilda mustaqilligimizning 10 yilligi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Bu koʻkrak nishoni oʻsha yili birinchi marta taʼsis etilgan edi.

Amangul Qayupova mahalla hayotida ham faol qatnashib kelmoqda. U mahalla fuqarolar yigʻinidagi "Yarashtirish komissiyasi” aʼzosi, mahalla ayol-qizlar boshlangʻich tashkiloti yetakchisi boʻlib faoliyat koʻrsatmoqda. U mahalla faollari bilan birgalikda oilalarda maʼnaviy-axloqiy sogʻlom muhitni va sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, yosh oilalarning tinchtotuv va ahilligiga erishish, farzand tarbiyasiga eʼtiborni kuchay-tirish, erta nikohlarning oldini olish kabi jamiyat uchun foydali ishlarda jonbozlik koʻrsatmoqda. Bu ishlari bilan Amangul Qayupova jamiyatda maʼnaviy muhit barqarorligiga, mahallada tinchlik-totuvlikni taʼminlashga hissa qoʻshmoqda.

Qobul ShOMURODOV,

gazetaning jamoatchi muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026