YuRIDIK XIZMAT KOʻRSATISh MARKAZI FAOLIYaT BOShLAGANIGA BIR YIL TOʻLDI
Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi bugungi kunda oʻz samarasini berayapti. Tumanimizda ham ushbu tashkilot ish boshlaganiga bir yil toʻldi.
Yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazuvchi “Ye-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi. Natijada ish yurituvi toʻliq raqamlashtirildi.
Markazning 2021-yil 1-oktyabrdan faoliyatini boshlashi natijasida dastlab Moliya, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Madaniyat, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi, Davlat oʻrmon xoʻjaligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Irrigatsiya, Qurilish, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlariga hamda Tibbiyot birlashmasi, Obodonlashtirish boshqarmalariga “Ye-huquqshunos” elektron tizimi orqali yuridik xizmat koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi. Joriy yil 1-avgustdan boshlab, bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, Qishloq xoʻjaligi, Turizm va madaniy meros, Sportni rivojlantirish, Oila va xotin-qizlar boʻlimlari, Davlat Soliq inspektsiyasi, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, davlat koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarini yuridik xizmat bilan taʼminlash belgilandi.
Amudaryo tumani Adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan bugungi kunga qadar “Ye-huquqshunos” elektron tizimi orqali 15 mingdan ortiq yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan boʻlib, shundan 14 ming 224 tasiga ijobiy, 217 tasiga salbiy xulosalar berilgan. 1087 tasini mavjud kamchiliklar sababli ekspertizadan oʻtkazish rad etilgan.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatib kelinmoqda.
N.Jumaniyozova,
tuman Yuridik xizmat koʻrsatish Markazi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶