01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:06
Jamiyat 👁 272

“Mehr daftari”ga kiritilgan 3 nafar amudaryolik yoshlarga Nukus shahridan yangi xonadonlar sovgʻa qilindi

“Mehr daftari”ga kiritilgan 3 nafar amudaryolik yoshlarga Nukus shahridan yangi xonadonlar sovgʻa qilindi

Yurtimizda kelajak egalari boʻlgan yosh avlodning komil insonlar boʻlib voyaga yetishlariga alohida eʼtibor qaratilib, keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu oʻrinda voyaga yetmaganlar davlatimiz himoyasiga olinganini, bu Konstitutsiya va Qonunlar bilan mustahkamlab qoʻyilganini eʼtirof etish joiz. Voyaga yetmaganlar uchun ularning ota-onalari, vasiy yoki homiylari gʻamxoʻrlik qiladilar. Bevosita, Konstitutsiyamizning 45-moddasida ham voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgʻiz keksalarning huquqlari qonun himoyasidaligi keltirib oʻtilgan. Voyaga yetmaganlarning huquqlari bilan bogʻliq munosabatlar bugungi kunda davlatimizdagi dolzarb masalalardan biriga aylangan.

Amudaryo tumani hokimligining Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi tomonidan ham yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolari oʻrganib chiqilib, ularni hal qilish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Prezidentimizning 2021-yilgi 9-avgustdagi tegishli Qaroriga koʻra “Mehr daftari”ga kiritilgan, 18 yoshga toʻlgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 3 nafar yoshlarning har biriga xonadonlar xarid qilingani ham bu boradagi amaliy ishlarga yorqin misoldir.

2-dekabr kuni tuman hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda mazkur xonadonlarning kalitlari va hujjatlari oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi. Har birining qiymati 130 mln. soʻm boʻlgan ushbu xonadonlar Nukus shahrida joylashgan. Shaxsiy yoki meros qoldirilgan uy-joyi boʻlmagan, shuningdek, joriy yilda uy-joyga muhtoj fuqaro sifatida roʻyxatga olingan yoshlarga xonadonlar kaliti va hujjatlari tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

“Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov, hokimlikning Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi rahbari Jahongir Xolmurodov va boshqalar yoshni yangi xonadon bilan tabriklab, ularning kelgusi ishlarida omadlar yor boʻlishini tilashdi.

Taʼkidlanganidek, tuman hokimligining Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi tomonidan shakllantirilgan “Mehr daftari” roʻyxatida turgan bolalarning muammolarini oʻrganish maqsadida ular yashayotgan xonadonlarga muntazam ravishda borilib, holidan xabar olinib turiladi. Oʻtgan davr mobaynida “Mehr daftari” jamgʻarmasi hisobidan roʻyxatda turgan 9 nafar bolaning har biriga 650 ming, jami 5 million 850 ming soʻmlik maktab formalari va oʻquv qurollari berildi. Shuningdek, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 1 nafar bola zamonaviy noutbuk va 1 nafar qiz tikuv mashinasi bilan taʼminlandi.

Ota-onasi yoʻqligi uchun vasiy qaramogʻiga olingan, ayni paytda 18 yoshga toʻlgan, uy-joyga muhtoj Azizbek Jumaboyev, Ozoda Bobojonova va Farida Inoyatovalarning har biriga alohida sovgʻa qilingan xonadonlar zarur mebellar bilan ham jihozlangan. Shuningdek, yangi xonadon egalariga tumanimizdagi saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan begʻaraz homiylik yordami asosida televizor, uy-roʻzgʻor buyumlari va boshqa maishiy buyumlar ham sovgʻa qilindi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev sahovatpesha tadbirkorlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Oʻzlarining alohida uylariga ega boʻlgan yoshlar ota-onasidek gʻamxoʻrlik koʻrsatgan davlatimizdan, qolaversa, tuman hokimi, Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi masʼullaridan juda mamnun ekanliklarini aytib, minnatdorchilik izhor etdilar.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026