01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:07
Jamiyat 👁 235

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA OʻQUVChI-YoShLAR OʻRTASIDA KOʻRIK-TANLOV OʻTKAZILDI

“YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA OʻQUVChI-YoShLAR OʻRTASIDA KOʻRIK-TANLOV OʻTKAZILDI

Aholi oʻrtasida yongʻinlar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida mamlakatimizda joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirdan koʻzlangan maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlari, shuningdek, aholi turar joylarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirgan holda yanada jadallashtirish va bu ishlarda fuqarolarning keng ishtirokini taʼminlashdan iborat.

Amudaryo tumanida ham “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida aholi oʻrtasida, umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazilib, yongʻin sodir boʻlish xavfining oldini olishda birinchi galda amal qilinishi talab etiladigan vazifalar yuzasidan tushuntirishlar olib borilmoqda.

9-dekabr kuni “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Yongʻin xavsizligi oyligi” doirasida tumandagi umumtaʼlim maktablarining 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida yongʻin xavfsizligi qoidalarini, ularga amal qilishni bilish darajasini aniqlash boʻyicha koʻrik-tanlov tarzidagi tadbir oʻtkazildi. Tadbirni tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish xavfsizlik targʻiboti boʻlinmasi boshligʻi Bekzod Tajiboyev olib bordi.

Tanlov uch bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda jamoalar yongʻin xavfining oldini olish, ayni paytda davom etayotgan oylik doirasidagi tadbirlar boʻyicha savollarga javoblar berishdi. Ikkinchi bosqichda oʻquvchi-yoshlar yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga oid suratlar chizishdi. Uchinchi bosqichda esa oʻquvchilarning yongʻin oʻchirish avtomobili, uning vazifalari toʻgʻrisidagi tushunchalari, bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Oʻquvchi-yoshlar tanlovda yongʻin hodisasining salbiy oqibatlari, uning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga doir maʼlumotlarga yetarlicha ega ekanliklarini namoyish etishdi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, ayni kunlarda oylik doirasida aholi turar joylari, ijtimoiy soha obʼektlari va iqtisodiyot tarmoqlariga qarashli bino va inshootlarda profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda. Tekshiruvlar jarayonlarida aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Xususan, isitish pechlaridan, elektr uskunalardan uy sharoitida foydalanishda eʼtibor berish zarur boʻlgan eng muhim qoidalar haqida zarur tushuncha va tavsiyalar berilib, yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha bukletlar tarqatilmoqda.

Boʻlib oʻtayotgan profilaktik tadbirlarda tabiiy gaz tarmoqlariga taʼqiqlangan jihozlar, ayniqsa, rezina shlanglar orqali ulanish, xonadonlardagi isitish pechlarini rezina shlanglar yordamida isitish holatlari mavjudligi aniqlanib, bu kabi salbiy holatlar nafaqat oila aʼzolari, balki qoʻni-qoʻshnilar va jamiyat uchun ham zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, chunki aynan shunday holatlar tufayli mamlakatimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish kabi koʻngilsiz voqealar, chala yongan gazning chaqnashi oqibatida yongʻinlar yuz berayotgani aholiga hayotiy misollar orqali keng tushuntirilmoqda.

Qizgʻin tarzda davom etgan tadbir yakunida 1-oʻrinni 38-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchilari, 2-oʻrinni 40-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchilari va 3-oʻrinni 82-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchilari egallashdi. Ularga tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Hamro Matyoqubov faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Tadbir yakunida yongʻin-qutqaruv texnikalari va vositalari koʻrgazmali tarzda namoyish etilib, keng tushunchalar berildi. Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan yongʻin oʻchirish avtomobili va asbob-anjomlar atroflicha tanishtirildi hamda shartli ravishda yongʻin hosil qilinib, oʻquvchilar birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarini ishlatishni amalda sinab koʻrishdi. Qiziqarli oʻtgan tadbirda oʻquvchi-yoshlar yongʻinning salbiy oqibatlari va ularning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etishga doir bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlashdi.

 S.Berdekeyev, tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026