01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 07:36
Jamiyat 👁 487

AMUDARYo TUMANIDA “PREZIDENT ARChASI” BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

AMUDARYo TUMANIDA “PREZIDENT ARChASI” BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

Fotogalereya

Yurtimizda nishonlanadigan qutlugʻ sanalar, bayramlar koʻp. Biroq har yilning boshlanishi – Yangi yil bolajonlar uchun barcha bayramlar ichida eng zavqlisi boʻladi, desak adashmagan boʻlamiz. Shuning uchun ham ular yil yakunida, Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qolganida nishonlanadigan “Prezident archasi” tomoshalarini orziqib kutadilar.

Shu yilning 29-dekabrida Amudaryo tumani Madaniyat markazi tomoshalar zali “Prezident archasi” Yangi yil tadbiriga tashrif buyurgan bolajonlar bilan gavjum boʻldi.

Tadbirda sektorlar rahbarlari, tuman hokimligi, xalq taʼlimi boʻlimi masʼullari, jamoat tashkilotlari vakillari, maktablar oʻquvchilari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar. Shuningdek, tumanimizning turli hududlarida istiqomat qiladigan kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan 32 nafar farzandlari taklif etilgan.

Katta monitor orqali ulugʻvor archa, sahna yoritilishi bolajonlarning hayajonini yana ham oshirdi. Sahnaga boshlovchilar chiqib keldi va barchani yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutladi, kirib kelayotgan yil qutlugʻ, barakali boʻlishini tiladilar. Yangi yilni, tingchlik, totuvlikni, baxtiyor bolalikni madh etuvchi sheʼrlar yangradi.

Sahnaga bolajonlarni bayram bilan qutlash uchun tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev taklif etildi.

Tuman hokimi bolajonlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan qizgʻin qutladi va jamoatchilik vakillari ishtirokida Prezidentimiz tomonidan kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarning farzandlariga yuborilgan sovgʻalarni topshirdi.

Yuksak mehr-muruvvatdan bahramand boʻlib ulgʻayayotgan bolalarga Yurtboshimizning sovgʻalari olam-olam shodlik baxsh etdi.

Shunisi eʼtiborliki joriy yilgi “Prezident sovgʻasi”da davlatimiz rahbarining bolajonlarga yoʻllagan Yangi yil bayrami tabrigi, shirinliklar, oʻquv qurollari, elektron kitob, termos, shaxmat doskasi kabi jihozlar bor.

Tabriklardan soʻng sahnaga Madaniyat markazida faoliyat yuritayotgan toʻgaraklar aʼzolari kuy-qoʻshiqlar ijro etdilar. “Nukus shou” teatri jamoasi ijrosidagi tomoshalar ham bolajonlar shodligiga shodlik qoʻshdi.

Madaniyat markazi toʻgaragi aʼzolari ijro etgan sahnalashtirilgan ertakka sehrlanib oʻtirgan tomoshabinlar sahnaga Yangi yil tomoshalari qahramonlari boʻlgan Qorbobo, Qorqiz va yosh bolakay qiyofasidagi Yangi yil kirib kelishini qarsaklar bilan olqishladilar.

Qorbobo, Qorqiz va Yangi yilning ushbu davraga yetib kelguncha boshidan oʻtkazgan sarguzashtlari haqidagi hikoyalari, sovgʻalari-yu tabriklarini bolajonlar maroq bilan tingladilar. Qorbobo, Qorqiz maktab oʻquvchilari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda ijro etgan sheʼrlari, qoʻshiqlari, raqslari bayram shukuhini yana ham oshirdi. “Ezgulik hamisha gʻolib” ertagi ularning murgʻak koʻngillarida kelajakka ishonch uygʻotib, yurtimizning fidoyi, sofdil va matonatli farzandlari boʻlib ulgʻayishga havas uygʻotdi.

“Prezident archasi” tomoshalari taassurotlari bolajonlarning koʻngillarini togʻday yuksaltirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026