15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 19:59
Jamiyat 👁 210

HAM VATANPARVAR, HAM OILAPARVAR HARBIY

HAM VATANPARVAR, HAM OILAPARVAR HARBIY

Hayotida bir bora harbiy libos kiyishni orzu qilmagan yigit boʻlmasa kerak. Chunki bekorga bolajon xalqimiz oilada oʻgʻil tugʻilsa, bir-birlarini: “askar muborak boʻlsin!” deya qutlamaydilar. Shuning uchun ham oʻgʻli bor otaning koʻkragi baland, yuzi yorugʻ. Boisi, u ona Vatanning boʻlgʻusi himoyachisi – askarning otasi!

Sherzod Atoyev oilada kenja farzand. Uch nafar oʻgʻilning otasi boʻlgan dadasi Moʻʼmin Atoyev va onasi Roʻzika Sobirova uch oʻgʻilni uch metin qoʻrgʻonim, deb voyaga yetkazdilar. Oʻgʻillari hayotdan oʻz oʻrinlarini topib, kasb-u korli boʻlganlarida, oila qurib, oldi-orti nevaralarga toʻlganida, uch oʻgʻlon haqiqatan ham uch metin qoʻrgʻon kabi suyanch boʻlganida koʻngillari toʻlib, shukronalar aytishdi.

Ayniqsa, kenja oʻgʻil Sherzodjonning tanlovidan ota-ona sifatida faxrlandilar. Umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan Sherzod Atoyev Urganch Davlat Universitetining tarix fakultetida, milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari yoʻnalishi boʻyicha tahsil oldi.

Bolaligidan harbiy sohaga qiziqishi yuqori boʻlgan Sherzod 2015-yildan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari safida ilk harbiy faoliyatini boshladi. U qayerda, qaysi harbiy qismda faoliyat yuritishidan qatʼiy nazar, muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan yoshlar bilan ishlashish, ularni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yosh askarlar ongiga harbiy vatanparvarlik tuygʻularini singdirishga intildi.

Askarlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun turli xil zakovat oʻyinlari, kitobxonlik kechalarini tashkil etish, mamlakatimizda va xorijda roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy jarayonlar xususida aniq va puxta maʼlumotlar berish orqali yosh askarlarning maʼnaviy immunitetini oshirishga xizmat qiluvchi nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib bordi.

Sherzod Atoyev 2015-yildan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari qoʻmondonligining yoʻllanmasi bilan Amudaryo tumani hududidagi chegara qoʻshinlari safida oʻz xizmat vazifasini davom ettirib kelmoqda. U qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari sifatida deyarli har kuni askarlar bilan birga. Chunki Oʻzbekistonning turli hududlaridan kelib, oʻz xizmat burchini ado etayotgan yosh askarlarning har birining xulq-atvori har xil.

Biri-birini takrorlamaydigan turli fikr va dunyoqarashga ega yosh askarlarni bir maqsad – ona Vatan tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida sidqidildan xizmat qilish yoʻlida birlashtirish, Vatanparvarlik, xalqparvarlik ruhida, nafaqat jismonan, balki aqlan yetuk, kuchli va salohiyatli qilib tarbiyalash oson emas. Buni yaxshi his qilgan Sherzod Atoyev har bir tarbiyaviy tadbirning muvaffaqiyatli oʻtishi, yosh askarlarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida eng zamonaviy, interfaol usullarni qoʻllagan holda mashgʻulotlar olib borishga harakat qiladi. Boisi, davlat chegarasini qoʻriqlayotgan askarning masʼuliyatni nechogʻlik his etishi, juda koʻp jihatdan qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Sherzod Atoyevning faoliyatiga bogʻliq. Sherzod Atoyev esa oʻz vazifasini muvaffaqiyatli ado etish uchun oʻqib-oʻrganishdan, izlanishdan aslo charchamaydi.

Harbiy zobit uchun ikkita oila bor – biri ona Vatani boʻlsa, yana biri – sevimli rafiqasi va farzandlari. Bu tomondan Sherzod Atoyevning hamisha koʻngli toʻq. Umr yoʻldoshi Nodira Yoqubovaning tadbirli uy bekasi, mehribon ona va sadoqatli rafiqa sifatidagi oʻrni gʻoyat eʼtiborli. Doimiy ravishda ish bilan band boʻladigan Sherzodning xotirjam ishlashidan tashqari, xizmat vazifasini mazmunli oʻtkazishi uchun zarur sharoit yaratishga harakat qilgani bois, oilada barcha ishlar joyila. Ikki nafar farzandining tarbiyasi, oilaning saranjom-sarishtaligi, qoʻni-qoʻshnilari bilan muomalasi, bordi-keldilari havasga munosib.

Biz ijodiy guruhimiz bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida Sherzod Atoyev va Nodira Yoqubovalar oilasida boʻlib, ona Vatan sarhadlarida sobit askarlar va ularga maʼnaviy ragʻbat, maʼnaviy ruh, bilim va salohiyat ulashayotgan Sherzod Atoyevni, davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari askarlari, harbiy zobitlar, shu barobarida ularning oila aʼzolarini ham bayram bilan muborakbod etdik.

Robiya YOʻLDOShEVA, Ravshon BAHROMOV, M.ShOMURODOV olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019