01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 04:25
Iqtisodiyot 👁 502

BOʻSh ISh OʻRINLARI YaRMARKASIDA 109 TA KORXONA-TAShKILOT 245 TA VAKANT LAVOZIMLARNI TAKLIF ETDI

BOʻSh ISh OʻRINLARI YaRMARKASIDA 109 TA KORXONA-TAShKILOT 245 TA VAKANT LAVOZIMLARNI TAKLIF ETDI

Amudaryoda tuman hokimligi, tuman Prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi va Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.

18-yanvar kuni tuman Madaniyat boʻlimi binosida boʻlib oʻtgan mazkur tadbirda sektorlar rahbarlari, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi va Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, tegishli korxona-tashkilotlar, tadbirkorlik subʼektlari masʼullari qatnashishdi. Yarmarkaga band boʻlmagan xotin-qizlar, yoshlar, ish izlayotgan aliment toʻlovchi fuqarolar, nogironligi boʻlganlar ham tashrif buyurishdi.

Ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan yarmarkaning ochilish marosimida soʻzga chiqqan tuman prokurori Aziz Roʻzmetov boʻsh ish oʻrinlari, yoʻllanma olish, ishga joylashish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoladdin Yusupov, tuman hokimi oʻrinbosari Rashid Salayev, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi masʼullari ham fuqarolarning ish bilan taʼminlanishi, mehnat muhofazasiga oid amaldagi qonunchilik kabilar yuzasidan tushunchalar berib oʻtishdi.

Yarmarkada tumandagi 109 ta korxona va tashkilotlar 245 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi. Vakant ish oʻrinlari mavjud boʻlgan ushbu korxona va tashkilotlar oʻz faoliyati haqida batafsil maʼlumot beruvchi koʻrgazmali stendlari, tarqatma materiallarini ishtirokchilar eʼtiboriga havola etishdi. Shuningdek, tumandagi tijorat banklari tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan fuqarolarga imtiyozli kredit paketlari toʻgʻrisida maʼlumotlar joylashtirilgan bukletlarni tarqatib, ulardan foydalanishni tavsiya qilishdi. Tijorat banklar masʼullari ish izlovchilarga tavsiya etilayotgan foizli kredit va garov talab etilmaydigan mikrokreditlar olish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berishdi.

Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida vakant oʻrinlar bilan qiziqib, murojaat qilgan 92 nafar fuqarolarning 25 nafarini ayollar, 7 nafarini ogʻir turmush sharoitida yashovchi xotin-qizlar, 24 nafarini yoshlar, 6 nafarini taʼlim muassasalari bitiruvchilari, 6 nafarini jazodan ozod etilganlar, 3 nafarini mehnat muhojirlari tashkil qildi. Ulardan 61 nafariga oʻzlarining kasb mutaxassisliklari boʻyicha korxona-tashkilotlarda ishlash uchun yoʻllanma berildi va ishga joylashtirildi. Shuningdek, 10 nafar fuqaroga maslahatlar berildi. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga 12 nafar shaxs jalb etildi. Kasbga oʻqitishga 9 nafar fuqaro yoʻnaltirildi.

Ishsiz xotin-qizlar, yoshlar hamda Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman boʻlimi ish yurituvidagi aliment qarzlarini undirish, ishsiz aliment toʻlovchi fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan “Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi”da 14 nafar ayollar, 20 nafar yoshlar, 3 nafar bitiruvchilar, 17 nafar ishsiz aliment toʻlovchi fuqarolar, 1 nafar jazodan ozod etilgan shaxs, 2 nafar mehnat muhojirlari ishga joylashtirildi.

Yarmarka davomida ish izlovchi fuqarolarga malakali mutaxassislar tomonidan bandlik sohasida qiziqtirgan masalalar boʻyicha maslahatlar berilib, huquqiy va amaliy yordamlar koʻrsatildi. Shuningdek, aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun asosida oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, tarmoqli marketing orqali daromad topish boʻyicha ham yoʻl-yoʻriqlar, tavsiyalar berildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026