01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:24
Iqtisodiyot 👁 341

HOKIM YoRDAMChISI AHOLIGA HISOBOT BERDI

HOKIM YoRDAMChISI AHOLIGA HISOBOT BERDI

Shu kunlarda Amudaryo tumanining barcha ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib boruvchi hokim yordamchilarining 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob etilib, joriy 2023-yil uchun yangi rejalarini belgilab olish maqsadida hisobot yigʻilishlari boʻlib oʻtmoqda. Ana shunday hisobot yigʻilishi Farovon mahalla fuqarolar yigʻinida ham oʻtkazildi.

Hisobot yigʻilishida Farovon MFY raisi Madamin Kazakov, MFY yoshlari yetakchisi Shohruh Roʻzmatov hamda profilaktika inspektori Rufat Matnazarov, mahalla faollari va yoshlar, hududda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Ochiqlik va shaffoflik asosida oʻtgan yigʻilishda kun tartibidagi asosiy masala – mahallada faoliyat olib boruvchi hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarovaning 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlari va 2023-yil uchun belgilangan rejalar yuzasidan hisoboti tinglandi. Unga koʻra, hokim yordamchisining mahalla aholisi hayotiga oid muammolarni tizimli hal etish, “ Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlashishdagi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, mahallada hokim yordamchisining shaxsiy tashabbusi va begʻaraz yordami bilan aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan rejaviy tadbirlar ishlab chiqilib, yangidan issiqxonalar tashkil etildi. Tozalangan ichimlik suv shoxobchasi barpo qilindi. Farovon va Yakka tut koʻchalarining 1,7 km. qismiga shagʻal-tosh yotqizildi. Mahalla hududidagi uzunligi 10 metr boʻlgan koʻprikning himoya qismi homiylik yordami va hashar yoʻli bilan taʼmirlandi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahalla bogʻi tashkil etildi. Shuningdek, hududda texnika va texnologiya yoʻnalishlarida faoliyat olib boruvchi tadbirlarlik subʼektlari tashkil etilib, “Temir daftari”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar aʼzolarining doimiy ish bilan bandligi taʼminlandi.

“Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan fuqaro Muxtor Kamolovga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan yangidan turar joy qurib berildi. “Ayollar daftari”ning 3-toifasida roʻyxatda turuvchi Feruza Allaberganova va Rigena Fozilbekovalarning uyi sifatli taʼmirdan chiqarildi. Shuningdek, 13 nafar ishsiz fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritishlari uchun sharoit yaratilib, 2,5 gektar yer ajratib berilishiga koʻmaklashildi. Tikuvchilik yoʻnalishida oʻz tadbirkorligini boshlash istagida boʻlgan ayol-qizlar oʻqitildi va ularga subsidiyalar ajratilib, tikuv mashinalari olib berildi.

Shuningdek, yakka tadbirkor Gulfiya Xudoyberganova mahallada “Xudoyberganova Gulfiya Gulmirzayevna” oilaviy bolalar bogʻchasini tashkil etdi.

Jami 407 mln. soʻmlik mazkur loyihani amalga oshirishda tadbirkorning 250 mln. soʻmlik oʻz mablagʻiga qoʻshimcha ravishda hokim yordamchisining koʻmagi bilan 157 mln. soʻmlik bank krediti ham yoʻnaltirildi. Mazkur MTT tashkil etilishi bilan mahalladagi 5 nafar ayol-qizning doimiy bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, 33 mln. soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi hisobiga tashkil etilgan “Asaloy” goʻzallik salonida ham 5 nafar ishsiz yoshlarning bandligi taʼminlandi.

Hokim yordamchisining hisobotida qayd etilishicha, homiylarni jalb qilgan holda kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2022-yil davomida aynan shu maqsadlar uchun 9,5 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, 6 ta oilaga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Oʻtgan qisqa fursat ichida turli muammoli masalalar boʻyicha 200 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning murojaatlari puxta oʻrganish orqali ijobiy hal etilishiga koʻmaklashildi.

Hisobot yigʻilishida Muqaddas Beknazarovaning maʼruzasi yuzasidan muzokaralarda Farovon MFY raisi M.Kazakov, yoshlar yetakchisi Shohruh Roʻzmatov va boshqalar ishtirok etishib, oʻtgan qisqa davr ichida hokim yordamchisining koʻmagi bilan amalga oshirilgan ishlar haqida oʻz fikrlarini bildirdilar. Shu bilan birga aholi murojaatlari bilan tizimli ravishda ishlash borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ham fikr-mulohazalarini, tavsiyalarini bayon etdilar.

Hisobot yigʻilishi davomida mahalla faollari va yoshlari Farovon mahallasi hududini yanada rivojlantirish, aholi farovonligini taʼminlashga qaratilgan taklif va tashabbuslarini ham oʻrtaga tashladilar. Yigʻilish ishtirokchilari hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarovaning 2022-yildagi faoliyatini qoniqarli deb hisobladilar va 2023-yilga belgilangan rejalar yuzasidan oʻz taklif va tavsiyalarini ham bildirdilar.

Hisobot yigʻilishi yakunida hokim yordamchisining 2023-yil uchun belgilangan yangi ish rejasi bir ovozdan tasdiqlab olindi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026