30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:30
Jamiyat 👁 3,221

HARBIY XIZMAT YIGITLAR UChUN TARBIYa MAKTABIDIR

HARBIY XIZMAT YIGITLAR UChUN TARBIYa MAKTABIDIR

Xalqimizda kimningki oilasida oʻgʻil farzand tugʻilsa, Vatan himoyachisi tugʻildi, deya suyunchilashadi, polvon yigit boʻlsin, or-nomusli, oilasiga, el-yurtga munosib posbon boʻlsin, deya tilak tilashadi.

Darhaqiqat, oʻgʻil bolalar ulgʻayib bir kuni kamolga yetganida xalqi, ona Vatani oldida sodiq xizmat qilish, tinchlik-osoyishtalikni asrash uchun harbiy xizmatga chaqiriladi. Yurtimizning har bir oʻgʻloni borki, oʻn sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha boʻlgan davr oraligʻida, salomatligiga koʻra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlsa, harbiy xizmatga majburdirlar.

Harbiy xizmatning muddatli harbiy xizmat, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat, shartnoma boʻyicha harbiy xizmat kabi turlari mavjud boʻlib, bularga chaqiriluvchilarning xohish-istagiga, ularning ham maʼnan, ham jismonan barkamolligiga, sogʻligi toʻgʻrisida tibbiy hayʼat tekshiruvi xulosalariga koʻra qabul qilinadi.

Muddatli harbiy xizmat - chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek, muqaddam harbiy xizmatni oʻtamagan ofitserlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.

Muddatli harbiy xizmat xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida oʻtayotgan harbiy xizmatchilar uchun oʻn ikki oy, oliy maʼlumotlilar uchun, shuningdek, chaqiruv boʻyicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida oʻtayotgan ofitserlar uchun ham toʻqqiz oy qilib belgilangan.

Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar.

Shartnoma boʻyicha harbiy xizmat - Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan shartnomaga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir. Qisqa qilib aytganda, harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar shartnoma boʻyicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida oʻtaydilar. Muddatlari va shartlari esa shartnomada belgilanadi.

Umuman olganda, harbiy xizmat oʻtash–yigitlarning iqtidorini, intellektual salohiyatini , tugʻilib oʻsgan yurtiga mehr-muhabbatini, yurt xizmatiga fidoyiligini yaqqol namoyon etadigan jarayondir.

Shuni faxr bilan ayta olamanki, tumanimizning yigitlari qaysi harbiy xizmat turlarida boʻlsalar-da, xizmat qilayotgan qismlarida eng namunali askarlar sanaladilar. Bunda tumanimizdagi kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yoshlarni harbiy chaqiriqqacha tayyorlash fanining bugungi kun talablari asosida oʻqitilayotgani muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Otamurod Yusupov, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Madrim Bobojonov, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Yusufboy Olloberganov, Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Laziz Matsafoyevlar boʻlgʻusi askarlarni chaqiriqqacha puxta tayyorlayotgani bois, oʻquvchilari sohaga doir tanlovlar va musobaqalarda faol qatnashib, gʻoliblar safidan joy olishmoqda.

Harbiy xizmatni oʻtash yigitlar uchun muhim sinovdir. Chaqiriqqacha puxta tayyorgarlikdan oʻtgan yigitlarimiz esa bu sinovni muvaffaqiyatli oʻtab kelmoqdalar.

Akmal Olimov,

tuman mudofaa ishlari boʻlimi
boshligʻi oʻrinbosari, mayor.
(Foto - uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026