15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 18:46
Jamiyat 👁 178

AHILLIKDA YaShAB, BARAKA TOPAYoTGAN OʻRTA QALʼALIKLAR

AHILLIKDA YaShAB, BARAKA TOPAYoTGAN  OʻRTA QALʼALIKLAR

Soʻnggi yillarda hududlarni jadal iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, aholi turmush sifatini yaxshilashga qaratilayotgan eʼtibor tufayli qishloq va mahallalar tobora obodonlashib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Ayniqsa, eng chekka hududlardagi ovul va mahallalarda ham biri-biridan koʻrkam uy-joylar, infratuzilma obʼektlari  qad rostlab, aholining turmush tarzi yanada yaxshilanib, sifat darajasi oshib borayotgani koʻzlarni quvontiradi.

Oʻrta qalʼa ovulida ham aholi farovonligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hududdagi uchta aholi yashash manzillari – Yusuf xoʻja, Nonboy qalʼa va Vaxum mahallalari qiyofasi kun sayin koʻrkamlashib, obod goʻshalarga aylanib bormoqda.

Ovul hududida 1204 xonadon tarkibidagi 1810 ta oilada 5380 nafar aholi istiqomat qiladi va ushbu oilalarning 612 tasi yosh oilalar hisoblanadi. Oʻzbek, qoraqalpoq, turkman va boshqa millatlarga mansub ovul aholisining  asosiy  qismini yoshlar tashkil etadi, yaʼni jami 30 yoshgacha boʻlganlar 2940 nafar boʻlib, 60-70 yoshlilar 511 nafar, 70-80 yosh va undan yuqori yoshdagi keksalar salkam 300 nafar atrofida boʻlib, ovulda yoshlar hayotiga oid muammolarni hal etish, yoshi ulugʻ insonlarni eʼzozlash, hurmat-ehtirom koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, OFY raisi Hayitboy Qutlimurodov ovulda faoliyat olib boruvchi hokim yordamchisi Shahzod Karimov, profilaktika inspektori Mansur Qosimov, xotin-qizlar faoli Feruza Qurbonova, keksalar guruhi rahbari Saidabdulla Otajonovlarning oʻzaro hamkorlikdagi saʼy-harakatlari, qolaversa, 14 nafar kishidan iborat OFY Kengashi aʼzolarining oʻrganishlari natijasida “Temir daftar", “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar vakillarini ijtimoiy himoyalash, ish bilan bandligini taʼminlashga qaratilgan bir qator amaliy ishlar ado etildi.

Ovuldagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 nafar yoshlardan biriga tikuv mashinasi olib berilib, chevarlik yoʻnalishida faoliyat olib borishi uchun sharoit yaratildi.

Bir nafar yoshga motokultivator olishda koʻmaklashildi va 2 nafar yoshga issiqxona xoʻjaligini  yuritishlari uchun sharoit yaratilib, yengil konstruktsiyali issiqxona qurib berildi. Keksalar maslahat guruhi rahbari Saidabdulla Otajonov bilan hamkorlikda ovul hududida istiqomat qiluvchi 60 yoshdan yuqori va 90-100 yosh atrofidagi keksalar roʻyxati shakllantirilib, ovulga biriktirilgan umumiy amaliyot shifokorlari va patronaj hamshiralari tomonidan doimiy  koʻrikdan oʻtkazilib, har yilgi “Noyabr – turizm oyligi” doirasida mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatlar uyushtirish, turli bayram sanalari munosabati bilan keksa avlod vakillariga alohida hurmat-ehtirom koʻrsatishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samarasi esa ovul aholisi hayotida oʻz aksini topmoqda. Ovulda notinch oilalar umuman yoʻq hisobi. Shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlik, farzandlari tarbiyasiga oʻz xulq-atvori bilan salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ota-onalar, ota-onalik huquqidan mahrum etish bilan bogʻliq hamda huquqbuzarlik holatlari 2022-yil davomida umuman kuzatilmadi.

Fuqarolar yigʻini Kengashi aʼzolarining doimiy diqqat markazida turgan muammolar ham yoʻq emas. Yaʼni, jazoni ijro etish maskanlarida jazoni oʻtab qaytgan 3 nafar shaxs va ayni paytda bilib-bilmay qilgan jinoyati uchun jazoni ijro etish maskanida jazo muddatini oʻtayotgan  2 nafar shaxs bilan doimiy muloqotda boʻlish, ularning  sogʻlom hayotga qaytishi, xatolaridan xulosa chiqarishlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy  suhbatlar oʻtkazish tufayli ushbu shaxslarni qayta tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Ovul hududida 2022-yil davomida 42 ta nikoh qayd etildi. Yangidan nikohlari qayd etilgan yosh oilalar holidan xabar olish, yosh kelin-kuyovlarning ahil-inoq yashab ketishlari uchun koʻmaklashish maqsadida “Keksalar oʻgiti – baxt kafolati” mavzusida davra suhbatlari tashkil etilayotgani eʼtiborga molik.

Ovulda tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish maqsadida aholiga 97,4 gektar yer maydoni ajratib berilgan. 211 ta xonadonning oʻz chorvasi va parrandasi boʻlib, ayni paytda aholi xonadonlarida 3704 bosh yirik shoxli qoramol, 1638 bosh qoʻy va echkilar, 7 bosh ot, 22 376 boshdan ziyod turli xil parrandalar parvarish qilinmoqda. Bundan tashqari, 3 ta xonadonning oʻz issiqxona xoʻjaligi, 14 ta xonadonda esa asalarichilik, 21 ta oilada baliqchilik xoʻjaligi yoʻlga qoʻyilgan.

Ovul ahlining farzandlari uchun qulay va zamonaviy sharoitlarga ega 2 ta MTT, 2 ta umumtaʼlim maktablari faoliyat olib boradi. Shuningdek, 8 ta savdo shoxobchalari, 1 ta toʻyxona va umumiy ovqatlanish shoxobchasi aholi xizmatida.

Ovul hududidagi 8 ta fermer xoʻjaliklari rahbarlari esa turli bayram sanalarida, iyd-Ramazon va iyd-Qurbon kunlarida hamqishloqlari uchun xayriya  tadbirlarini amalga oshirishadi. Bunday tadbirlarda 2 nafar chin yetim va 16 nafar yarim yetim sifatida roʻyxatga olingan bolalar, 25 ta moddiy yordamga muhtoj oilalar, yolgʻiz onalar va yakka-yolgʻiz keksalar uchun  mehr-muruvvat koʻrsatiladi.

Ovulda 84 nafar fuqaro nogironlik nafaqasini olishadi. Aynan shunday toifadagi va doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan 24 ta oilalar holidan xabar olinib, muammolari oʻrganilishi natijasida ularga zarur yordamlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻrta qalʼaliklarning 432 nafari turli idora va tashkilotlarda faoliyat yuritishadi. 62 nafar kishi esa tadbirkorlik, 12 nafar fuqaro kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanishadi. Shuningdek, milliy hunarmandchilik sohasida 4 nafar, savdo-sotiq ishlarida 16 nafar fuqaro faoliyat olib borishadi. Chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan 51 nafar oʻrta qalʼalik ishbilarmonlar mehnatidan hamqishloqlari mamnun.

“Qoʻshningda bor bogʻning hosili sening dasturxoningga tushadi”, deyishadi qishloq ahli. Haqiqatan ham parrandachilik mahsulotlarini, asal va baliq mahsulotlarini hamqishloqlar biridan-biri xarid qilib, uzoqdan izlab yurishmaydi.

Yigʻin Kengashi aʼzolari va OFY komissiyalari, jamoatchilik tuzilmalari rahbarlarining birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli 2022-2023-yilda 684 nafar fuqarolar mavsumiy ishlarga jalb etildi. 18 nafar fuqaro esa oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida turli yoʻnalishlarda faoliyatlarini boshlashdi.

Shunday boʻlsa-da, ovul hududini obodonlashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, ishsizlikka barham berish borasida muammolar ham yoʻq emas. Ovulda soʻnggi ikki yilda Oʻrta qalʼa va Yusuf xoʻja aholi punktlari hududidagi 1800 metr masofadagi yoʻllarga shagʻal toʻshaldi, xolos. Vaholanki, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi lozim boʻlgan koʻplab muammolar mavjud. Xususan, ovul hududidagi mavjud yer osti tabiiy gaz quvurlarini yer yuzasiga chiqarish, oʻsib borayotgan aholi va turarjoylar uchun qoʻshimcha transformator oʻrnatish, eski simyogʻochlarni yangisiga almashtirish, Yusufxoʻja va Nonboy qalʼa mahallalariga ichimlik suv inshootlarini qurish, markaziy koʻchalarga tungi yoritgichlar oʻrnatish, 11-sonli MTTni rekonstruktsiya qilish, 64-sonli maktab uchun qoʻshimcha sinfxona va sport zali barpo etish, ichki koʻchalarga shagʻal-tosh yotqizish, mahallalarda dorixona tashkil etish, hududdagi kollektor-drenaj tarmogʻining 800 metr qismini tozalash, 13-sonli MTT uchun bolalar maydonchasi tashkil etish,  ichki yoʻllarni taʼmirlash, ovul aholisining talablariga koʻra, kutubxona tashkil etish kabi biri-biridan dolzarb muammolar qalashib yotibdi.

Ushbu muammolarni tizimli hal etish maqsadida OFY masʼullari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya dasturi orqali rejalashtirilgan ishlar belgilab olinib, ayni paytda rejaga muvofiq amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Oʻrta qalʼaliklar azaldan bir soʻzli, mehnatkash va elparvar insonlar sifatida tanilgan. Ovul ahlining oʻzaro mehr-oqibati, ahil-inoqligi tufayli eng qiyin vaziyatlarda ham omilkorlik va puxta oʻylangan reja asosida har qanday muammoga ijobiy yechim topishgan. Shu bois, ovul ahli hamisha hamjihatlik bilan yashab, barcha sohalarda havas qilarli darajada yuksak  muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritib kelishadi. Chunki oʻzaro ahil va hamjihat elning ertasi ham yorqin va farovon, obod boʻlishini ovul ahli juda yaxshi bilishadi.

 

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019