YoShLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYaLASh MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI
Yurtimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Chunki yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunda davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Qangli ovulidagi 29-sonli maktab oʻquvchilari ishtirokida vatanparvarlik ruhini shakllantirish, ularni jismoniy va ruhiy sogʻlom etib tarbiyalashga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi. Unda fuqarolar yigʻini faollari, hudud profilaktika inspektori I.Jumamurodov, tumandagi DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari, maktab direktori oʻrinbosari D.Toʻrayev, ChQBT rahbari T.Yeshmurodov va boshqalar ishtirok etishdi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasining «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontseptsiyasi» ishlab chiqilganligi, ushbu kontseptsiyada koʻrsatilgan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi va asosiy vazifalari toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Shuningdek, bugungi kunda asr vabosiga aylangan giyohvandlik va unga qarshi kurash, unga berilishning salbiy oqibatlari, belgilangan jazo turlari xususida maʼlumotlar berildi. Undan tashqari, yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va bu boradagi imkoniyatlar, yangilanishlar, amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, shuningdek, harbiylik kasbining sharafi va masʼuliyati xususida soʻz yuritildi.
Oʻtkazilgan tadbir davomida oʻquvchilarning vatanparvarlik, yurtga sadoqat va burchga masʼuliyat tuygʻulari yanada mustahkamlandi.
Sh.Atoyev, DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶