“FAVQULODDA VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA QILISh VA FUQARO MUHOFAZASI OYLIGI” BOShLANDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2023-yil 27-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida 2023-yilning 1-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida tumanimizda ham amaliy ishlar qilinmoqda.
Shunga koʻra Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2023-yil 1-mart kungi tegishli buyrugʻi qabul qilinib, tuman FVDqTga kiruvchi korxona va tashkilotlarga tarqatildi.
Joriy yilning 1-mart kuni tuman hokimligining majlislar zalida tuman FVDqT xizmatlari bilan 2022-yildagi bajarilgan ishlar yakuni hamda 2023-yildagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida yigʻilish oʻtkazilib, oʻtkazilgan tadbirlar, olib borilgan ishlar muhokama qilindi.
Kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilanib, hamkorlikda ish olib borish kerakligi tushuntirildi.
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” davomida is gazidan zaharlanishning oldini olish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha aholi xonadonlari, korxona va tashkilotlar, mahallalar, maktablar va MTTlarda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
S.Berdekeyev,
tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶