ENERGIYa TEJOVChI TEXNOLOGIYaLARNI JORIY ETISh BOʻYIChA TUShUNTIRISh IShLARI OLIB BORILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 57-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, ushbu Qarorning mazmun-mohiyatini hamda energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanishda beriladigan imtiyozlar xususida joylarda aholi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 10-mart sanasida Amudaryo tumani davlat Soliq inspektsiyasi binosida, sektor rahbarlari ishtirokida ham oʻtkazildi. Tadbirda sektor rahbarlaridan tashqari, Amudaryo tuman Davlat Soliq inspektsiyasi yetakchi mutaxassislari, energiya taʼminoti tizimi masʼullari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Yuqoridagi Prezident Qarorida taʼkidlanganidek, ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumani hududlarida ham energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil qilish, tumanda faoliyat yuritayotgan investorlar va aholi uchun qulay sharoitlar hamda ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish borasida masʼullar tomonidan zarur takliflar, tavsiyalar berildi.

Shuningdek, isteʼmolchilarni muqobil energiyaga oʻtkazish va tejamkor, texnologiyalarni joriy qilish orqali qoʻshimcha ishlab chiqarilishi kutilayotgan elektr energiyasi hisobiga aholi isteʼmoli uchun zarur boʻlgan tabiiy gazni iqtisod qilish borasida mutaxassislarning fikrlari tinglandi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶