YoSh BILIMDONLAR TUMAN GAZETASINI OʻQIShADI
Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida tez-tez oʻtkazilib turiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ishtirokchilari asosan yosh oʻqituvchi-murabbiylar va kollej oʻquvchilari boʻlishadi. Kollejda bunday tadbirlar, ayniqsa, kitobxonlik, bilimdonlik kechalarining tez-tez oʻtkazilib turilishi esa doimiy anʼanaga aylangan. Shunisi eʼtiborga molikki, kollejda bilimdonlar safining oshishida turli matbuot nashrlarining ham oʻrni katta. 2015-yil uchun obuna mavsumida kollejning 28 nafar yosh oʻqituvchi-murabbiylari va bilimdon oʻquvchilari "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi uchun bir yilga obuna boʻlishdi.
– Gazeta keyingi yillarda oʻzining geografik qamrovi kengayib borayotgani, berilayotgan materiallarining oʻqishli va ommaviyligi bilan qalbimizga yaqin, – deydi kollej direktori oʻrinbosari Yoʻldosh Norboyev.
R.YOʻLDOShEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶