01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:33
Jamiyat 👁 234

Xitoy ovul fuqarolar yigʻinida Navroʻz bayrami boʻlib oʻtdi

Xitoy ovul fuqarolar yigʻinida Navroʻz bayrami boʻlib oʻtdi

Bahor va tabiat uygʻonishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi boʻlgan Navroʻzi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun goʻzal anʼana hisoblanadi. Xalqimizning koʻp asrlik ezgu qadriyatlarini, uning orzu-intilishlarini oʻzida mujassam etgan ushbu qutlugʻ ayyom mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elatlarga mansub barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga aylandi. Ushbu ayyom mamlakatimizda har yili milliy qadriyat va urf-odatlarimizga uygʻun tarzda nishonlanib kelinadi.

Jumladan, bayram shodiyonasi Amudaryo tumanining har bir mahalla va ovullarida koʻtarinki ruhda, yuqori saviyada oʻtkazildi. Xitoy ovulidagi Navroʻz saylida ovul hududida istiqomat qiluvchi yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan barcha faol ishtirok etishdi.

Navroʻz saylida Xitoy ovul fuqarolar yigʻini raisi Davlatboy Atajanov barchani yangilanish va yasharish faslida yangi kun, yangi yil, yangi hayot sifatida kirib kelayotgan qutlugʻ bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, taʼlim faxriysi, taniqli ijodkor Tursunboy Abdullayev ovuldoshlarini bayram bilan samimiy qutladi. Ularning oilasiga tinchlik, xotirjamlik, qut-baraka tiladi.

Soʻzga chiqqanlar yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, doʻstlik va birodarlik tuygʻularini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimiz qalbi va ongida Vatanimizning buguni va kelajagiga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirishda Navroʻz bayramining ahamiyati tobora ortib borayotganligini taʼkidlab oʻtdilar.

Mahallaning hoji otaxon va onaxonlari, yoshi ulugʻ nuroniylar, tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan yoshlarning tabrik soʻzlaridan soʻng, bayramona kontsert dasturi namoyish etildi.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ishtirokida tayyorlangan badiiy chiqishlarda Navroʻzi olamning ruhi va falsafasida mujassam boʻlgan yaxshilik va bagʻrikenglik, ahillik va hamjihatlik, atrof-muhitni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash kabi olijanob gʻoyalar aks etdi. El-yurtimiz yasharish va yangilanish, mehr-oqibat fasli sifatida eʼzozlaydigan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram deb eʼtirof etilgan Navroʻzning maʼnaviy hayotimizdagi ulkan oʻrni va taʼsiri xitoyliklarning yuz ifodalarida yoqqol namoyon boʻldi.

Navroʻz saylida milliy oʻyinlarimiz, urf-odatlarimiz namoyish etilib, fasli navbahorni, Navroʻzni tarannum etuvchi goʻzal kuy-qoʻshiqlar kuylandi, raqslar ijro etildi.

Bayramda jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining fidokorona mehnati bilan ibratli faoliyat olib borayotgan, yurtimiz rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan, shuningdek oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga, maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish ishlarida oʻzining hayotiy tajribalari bilan faol ishtirok etib kelayotgan mehnat faxriylariga homiylar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, bayram tadbirida oʻz isteʼdodi va qobiliyatlarini namoyish etib, faol qatnashgan maktab oʻquvchilari va tarbiyalanuvchilarga ham esdalik sovgʻalari ulashildi.

Har yildagidanda oʻzgacha kayfiyat va koʻtarinki ruhda nishonlanayogan Navroʻz qalblarni birlashtirdi. Darhaqiqat, yurtimizga goʻzallik va nafosat, yasharish va yangilanish, mehr va oqibat bayrami – Navroʻz kirib kelar ekan, dala va qirlarimiz, bogʻ va yaylovlarimiz koʻklam yomgʻirlari – obirahmatdan bahramand boʻlib, boʻlgʻusi moʻl hosil, qut va barakadan darak bermoqda.

 Har bir inson oʻzining tabiat farzandi ekanini yanada chuqur anglayotgan mana shunday munavvar ayyomga el-yurtimiz bilan sogʻ-omon yetganimiz uchun shukronalar aytmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026