DIQQAT, TANLOV: “MEN SEVGAN BADIIY QAHRAMON” MAVZUSIDAGI VIDEOROLIKLAR TANLOVIDA IShTIROK ETING!
Amudaryo telekanalining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi doirasida oʻsib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviyatini yuksaltirish orqali ular ongida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish” gʻoyasini qaror toptirish, yoshlarda badiiy asarlar mazmun-mohiyatini tahlil qilish, unda bayon etilgan voqea-hodisalarni talqin etish, asar voqealarini taʼsirchan uslublarda yetkaza olish mahoratini shakllantirish maqsadida yoshlar oʻrtasida “Men sevgan badiiy qahramon” mavzusida videoroliklar tanlovi oʻtkaziladi.
Videoroliklar 1-apreldan 20-aprelgacha Amudaryo telekanali tahririyatining Telegram'dagi +998 93 205 22 44 manzili orqali qabul qilinadi.
Tanlov gʻoliblari tahririyat tomonidan taqdirlanadi.
Amudaryo telekanali tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶