YaNGI TAHRIRDAGI KONSTITUTsIYa – IJTIMOIY FAOLLIGIMIZ KAFOLATI
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi bilan tanişarkanman, ayollar huquqlari böyiça kiritilgan özgarişlarga alohida eʼtibor qaratdim. Töğrisi, bu özgarişlar ayol-qizlarimiz uçun kutilmagan quvonçli yangilik böldi, desam mubolağa bölmaydi. Loyiha muhokamasi qizğin bahs-munozaralarga boy siyosiy voqea böldiki, avvallari xalqimiz öz Konstitutsiyasi muhokamasida bu qadar faol qatnaşmas edi. Konstitutsiyaning 42- va 58-moddalariga kiritilgan yangi normalarga köra, xotin-qizlar huquqlarining erkaklar bilan teng qilinişi va ayol-qizlarni öz iş joyidan homiladorlik va taʼtil vaqtlarida mansabdor şaxslar işdan böşata olmasligi, bolasi borligi uçun işga qabul qilişni rad etişlari yoki iş haqini kamaytira olmasligi, ular doim qonuniy nazoratda bölişining özi ayollar uçun eng ulkan imkoniyatdir.
Şu kungaça ayol-qizlar doimo jurʼatsiz va ikkilanişlar bilan iş joyidan böşab qolişdan yoki çetlaştirilişidan hadiksirab, fikrlarini oçiq ayta olmaydigan noaniqliklar bölar edi. Yuqoridagi moddalar esa biz ayollarning jamiyatda öz huquqlarimizni aniq kafolatlaydi.
Şuningdek, 52-moddaga kiritilgan yangi norma ustoz va murabbiylar, işçi xodimlar haqida bölib, erki, dini, millatidan qatʼiy nazar, qöşimça işlardan ozod qilinişi, agarda mansabdor şaxslar ularni har xil işlarga majburlasa, mansabdor şaxslarning qonuniy jazolanişi aniq-ravşan belgilab qöyilgani alohida eʼtiborlidir.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, ayni vaqtda ayol-qizlarning uluşi soğlikni saqlaş va ijtimoiy xizmatlarda 82 foizni, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat va sanʼat sohalarida 72 foizni, sanoatda 38, tadbirkorlikda 35, oliy taʼlimda 46 foizni taşkil etişi ularning sohalar rivojidagi munosib örnini belgilaydi. Şu bois, Konstitutsiyamizning yangi tahririda ayollarning mehnat qilişiga, jamiyat hayotidan ajralib qolişiga tösqinlik qilişlariga çek qöyilmoqda.
Bundan taşqari, 70-moddaga köra, ayollarning jamoat birlaşmalariga uyuşiş huquqining mustahkamlanayotgani yanada quvonarli. Uşbu moddaga kiritilgan normaga köra, endilikda ayol-qizlar mamlakatimizda faoliyat olib boruvçi 400 dan ortiq ayollarning jamoat birlaşmalariga qonuniy asosda aʼzo bölişlari, öz dunyoqaraşlari, iqtidorlarini namoyon etişlari uçun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlaridan amalda foydalanişlari mumkin. Bu huquqlarning Konstitutsiyaviy kafolatlanişi ham ayol-qizlar uçun juda katta imkoniyatdir.
Aholining ehtiyojmand qismini qöllab-quvvatlaş va ularga alohida eʼtibor beriş, “Ayollar daftari” “Yoşlar daftarlarida” röyxatda turgan şaxslarga davlat tomonidan ğamxörlik qilinişi, şuningdek, ularning jamiyatda öz örnini topişlari uçun şaroitlar yaratiş, nogironligi bor va ota-onalaridan mahrum bölgan yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan huquqiy normalar 57-modda bilan mustahkamlab qöyilgan.
Xalqimiz hayoti uçun muhim ahamiyatga ega bölgan ekologik muammolarni bartaraf etişga qaratilgan alohida normalarning kiritilişi ham muhim ahamiyatga ega. Atrof-muhitga, tabiatga bölgan munosabatni yanada faollaştiriş uçun juda qattiq çoralar körilişi, yaʼni daraxtlarni noqonuniy çopiş yoki Orolqum hududiga ekilgan saksovullarga ziyon yetkazişga qarşi moddalarning ketma-ketlikda kiritilişi inson bilan tabiatning uyğun rivojlanişini kafolatlaydi.
Mulkning daxlsizligi, heç bir mansabdor şaxs tomonidan buzilişi yoki olib qöyilişi mumkin emasligi töğrisidagi norma ham har bir şaxsga tegişli mulkning barqaror kafolatini taʼminlaydi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz biz talabalar uçun haqiqiy huquqiy dorilfunundir va bu siyosiy jarayonni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Biz mamnuniyat bilan 30-aprel kuni bölib ötadigan Referendumda faol iştirok etamiz.
Nafosat TURSUNBOYeVA, Özbekiston Milliy Universitetining 3-bosqiç talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶