Qurbonoy opa yangi uyli boʻladi
Inson qadri ulugʻlangan yurtmizda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qullab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoitini yaratib berish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, nogiron farzadi boʻlgan oilalar hukumatimizning doimiy eʼtibori va gʻamxoʻrligida boʻlib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ham yuqoridagi ezgu saʼy-harakatlarni yanada jadallashtirib, koʻplab oilalarning quvonchiga quvonch qoʻshmoqda.
Mazkur qaror bilan Amudaryo tumanida 1856 ta uyning tom qismi yopib berilmoqda. 12 ta uy esa yangidan qurilmoqda. Buning uchun davlatimiz tomonidan 26 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Shu oʻrinda aytish kerakki, yaxshiliklar, xayrli ishlar bardavom boʻlib, inson qadri ulugʻlangan yurt doimo taraqqiy etadi, xalqi hamjihatlikda, mehr-muruvvatda umrguzaronlik qiladi. Shu bois, mamlakatimizdagi bosh islohotlarda inson shaʼni, uning qadr-qimmatiga katta eʼtibor berilmoqda. Bu ulugʻvor ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad inson qadr-qimmatini ulugʻlashga, ularning oʻtayotgan har bir kunidan rozi boʻlib yashashlariga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.
Beruniy mahallasida istiqomat qiluvchi Qurbonoy Yoʻldasheva taqdirning achchiq zarbasi tufayli umr yoʻldoshidan, farzandidan ayrildi. Uyida kelini, 2 nafar nevarasi bilan yashaydigan Qurbonoy Yoʻldasheva moddiy qiyinchilik sabab tomidan chakka oʻtuvchi, yashashga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan uyini taʼmirlashga mablagʻ topolmasdi. Uning haqiqatdan ham yordamga muhtojligi masʼullar tomonidan eʼtiborga olinib, yangidan 2 xonali shinamgina uy qurib berilmoqda.
Qurilish ishlari “Iqbol Dilmurod” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilib, ayni kunlarda yakunlanish arafasida turibdi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hukumatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bu kabi begʻaraz yordamdan nihoyatda mamnun boʻlishmoqda. Zero, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, insonlarning dard-u tashvishlarini oʻylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir. Davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi, xalqimiz oʻz hayotidagi ijobiy oʻzgarishlarni aynan bugun oʻz hayotlari misolida koʻrishi kerak.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶