30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:47
Jamiyat 👁 2,205

IJTIMOIY HAMKORLIK SAMARA BERMOQDA

IJTIMOIY HAMKORLIK SAMARA BERMOQDA

Mamlakatimizda xotin-qizlar manfaaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli saʼy-harakatlar natijasida bugungi kunda ularning jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonun hujjatlarida ayollar huquqlarining kafolatlari oʻz ifodasini topgani, qator xalqaro hujjatlar, chunonchi, BMTning "Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida”gi Konventsiyasi ratifikatsiya qilingani muhim omil boʻlayotir.

Har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va maʼnaviy barkamolligi ayollarga boʻlgan munosabat bilan belgilanadi. Oqila, goʻzal ayollar oʻzlarining gʻamxoʻrligi, mehribonligi bilan nafaqat oila, shu bilan birga, butun jamiyatda sogʻlom muhitni saqlab turadilar. Yurtimizda xotin-qizlarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik yanada yuqori bosqichga koʻtarilgani buning yorqin ifodasidir.

Davlat hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bilim va malakasini yuksaltirish, oila, nikoh munosabatlarini tartibga solish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani eʼtiborga molik. Jumladan, oilalar mustahkamligiga taʼsir koʻrsatayotgan salbiy holatlar kompleks tarzda oʻrganilib, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ayniqsa, qizlarni kasb-hunarga yoʻnaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil roʻyobga chiqarilmoqda.

Shuningdek, FHDYo boʻlimlari xodimlari, xotin-qizlar qoʻmitalari, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, sogʻliqni saqlash muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlikda joylarda tashkil etilayotgan amaliy uchrashuvlar, huquqiy maʼrifat kunlari sogʻlom oilani shakllantirish, yosh oilalar totuvligini asrash, yigit-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash ishlarini samarali yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etayapti. Shuningdek, xotin-qizlar oʻrtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularni kasanachilik faoliyatiga keng jalb etish, ayniqsa, barkamol avlodni voyaga yetkazishda oilaning rolini oshirish, bunda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini yanada kuchaytirish boʻyicha amaliy ishlar qilinayotganini taʼkidlab oʻtish joiz.

Fuqarolar yigʻinlarining aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlari samaradorligini oshirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Fondning tuman boʻlinmasi tomonidan "Oila – mahalla – taʼlim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytiraylik” nomli qoʻllanma ishlab chiqildi. Tuman XTMFMTTE boʻlimi bilan birgalikda taʼlim muassasalari maʼnaviyatchilari hamda mahalla maslahatchilari ishtirokida seminarlar oʻtkazilmoqda. Qisqa qilib aytganda, ezgu maqsadlar yoʻlidagi ijtimoiy sheriklik – turmushimiz sifati oshishiga xizmat qilmoqda.

Gavxar ChIMBAYChIYeVA, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026