2023-yilning 1-iyul holatiga tuman aholisi salkam 210 ming nafarga yetdi
2023-yilning 1-iyul holatiga Amudaryo tumanining doimiy aholisi 209 ming 996 nafar kishini tashkil qildi. Shundan 106 ming 475 nafar erkaklar, 103 ming 521 nafari ayollardan iborat.
Aholining 25,8 foizi, yaʼni 54,1 ming nafari shaharda, 74,2 foizi, yaʼni 155,9 ming nafar kishi qishloqlarda yashaydi.
Yil boshidan 1-iyulga qadar tumanda tugʻilganlar soni 2 ming 165 nafarni, vafot etganlar esa 494 nafarni tashkil qildi.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida 758ta nikoh fayd etilgan boʻlib, ajrashganlar soni 83tani tashkil qildi.
Ushbu davrda tuman hududiga koʻchib kelganlar soni 151 nafar, koʻchib ketganlar soni esa 398 nafarni tashkil qilib, tugʻilishlar hisobiga yil boshiga nisbatan Amudaryo tumanining aholi soni 1 ming 424 nafarga koʻpaygan.
H.Haytimbetov, Amudaryo tumani statistika boʻlimi boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶