Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Mahallam jamoli” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi
Tumanimizdagi 84-sonli umumtaʼlim maktabida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan “Mahallalarda obodlikni taʼminlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish” mavzusidagi “Obod mahallam” nomli grant loyihasi doirasida aholi, ayniqsa yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, tabiy resurslarni tejashga daʼvat qilish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirish maqsadida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Mahallam jamoli” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
Tanlovda hududdagi 9 ta maktablardan jami 24 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdilar.
Insholar tanlov komissiya tomonidan oʻrganildi va baholab chiqildi. Komissiyaning yakuniy qaroriga koʻra tanlovda 1-sonli umumtalim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Nurimbetova Maftuna 1-oʻrinni, 69-sonli umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Otajanova Oʻgʻiljon 2-oʻrinni, 1-sonli umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Yarliqapova Gulsanam 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan tayyorlangan faxriy yorlik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtiroki uchun 33-sonli umumtaʼlim maktabining 6-sinf oʻquvchisi Gʻaniyeva Zarifa, 22-sonli umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchisi Yoʻldasheva Charoslar “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan tayyorlangan faxriy yorliq va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶