14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 09:23
Madaniyat 👁 629

OʻRTA QALʼA OVULIDA “YoZ TAROVATI” DEB NOMLANGAN TOMOShA TAShKIL ETILDI

OʻRTA QALʼA OVULIDA “YoZ TAROVATI” DEB NOMLANGAN TOMOShA TAShKIL ETILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida hududlarda aholi ayniqsa chekka qishloqlarda fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasi yuksalib, ommaviy-madaniy, kontsert-tomosha dasturlari tizimli ravishda oʻtkazilayotgani quvonarlidir. Buningdek tadbirlar aholining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishiga, koʻngilli dam olishiga xizmat qilayotgani va xalqimizning koʻp asrlik dorbozlik, tsirk, masxarabozlik, aytishuv kabi qadimiy sanʼatini targʻib qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

Qarorda eng chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholi orasidan ham isteʼdodlilarini izlab topish, ularning iqtidorini rivojlantirishga, qoʻllab-quvvatlashga ham eʼtibor kuchaytirish lozimligi belgilangani tumanimizda ham yorqin isteʼdodli yoshlar sanʼat maydoniga kirib kelishiga zamin hozirladi.

Shuningdek, barcha davlat organlari muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marta byudjetdan tashqari hamda kasaba uyushmalari mablagʻlari hisobidan oʻz xodimlarining madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun kontsert tomosha tadbirlarini tashkil etib turish amaliyotini joriy etish belgilangani mehnat bilan band boʻlgan aholining madaniy hordiq chiqarishiga ulkan gʻamxoʻrlik natijasidir.

Tuman Madaniyat va turizm boʻlimi tomonidan qaror ijrosini taʼminlash borasida izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Shu yilning 21-iyul kuni tumanimizning Oʻrta qalʼa ovulida oʻtkazilgan “Madaniyat kunlari rukni ostida “Yoz oqshomlari” deb nomlangan koʻngilochar tomosha ham shu maqsadga qaratildi.

Tomoshada tuman Madaniyat va turizm boʻlimi tasarrufidagi “Ofarin” folklor etnografik xalq jamoasining qatnashchilari, iqtidorli estarada xonandalari ishtirok etdilar.

Shu kuni Oʻrta qalʼa ovulining katta-yu kichik aholisini karnay-surnay navolari tarovatli yoz oqshomida tomoshaga chorladi.

Ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosi yonidagi ulkan maydonchada tashkillashtirilgan tomoshada taniqli estrada xonandalari Nasiba Eshchonov, Nurbek Rajabov, Poʻlat Yoʻldoshev, Rashid Rahimov, Ogʻabek Saʼdullayev, Rahmatjon Oʻrozimbetovlarning kuylagan joʻshqin qoʻshiqlarini barcha berilib tingladi. Xayrullo Habibullayev, Sharof Rajabov, Dilfuza Bobojonovalarning raqslari, doirachi yigitlarning chalgan goh oʻynoqi, goh sokin kuylari barchani birday sehrlab qoʻydi. Kontsert dasturi orasida yosh tomoshabinlar bilan oʻtkazilgan shoular tadbirning yanada hayajonli, qiziqarli boʻlishini taʼminladi.

Xalqimiz asli sanʼatsevar ekanligi ushbu tomoshada ham ayon boʻldi. Dala ishlari, yozning qiyin-qistovli ishlaridan charchagan aholiga, yozgi taʼtilda maroqli hordiq chiqarayotgan bolajonlarga “Yoz tarovati” kontsert tomoshasi juda manzur boʻlgani boisi ham shundan. 1000 nafardan ziyod aholi jam boʻlgan tadbir tashkilotchilariga barcha ulkan minnatdorchiliklar bildirib tarqalishdilar, sanʼat zavqi bilan koʻngillar tozardi.

Tuman Madaniyat va turizm boʻlimi tomonidan tumanimizning barcha hududlarida mamlakatimiz mustaqilligining 32-yilligi oldidan istiqlolimizni madh etuvchi, istiqlolimizning tarixiy ahamiyatini targʻib oʻtuvchi koʻpgina madaniy-maʼrifiy tadbirlar, koʻngilochar tomoshalar oʻtkazish rejalashtirilgan va amalga oshirilmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019