30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 15:47
Jamiyat 👁 178

«DOLZARB 30 KUNLIK» DOIRASIDA TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

«DOLZARB 30 KUNLIK» DOIRASIDA TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan 2023-yilning 10-iyul kunidan 10-avgust kunigacha mamlakatimizda “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dolzarb 30 kunlik” tadbirlari amalga oshirilishi belgilangan edi. Xususan, Amudaryo tumanida farmoyish ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuman boʻlimi ishchi guruhi tomonidan profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Tadbir doirasida barcha hududlarda Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻin bilan bogʻliq turli baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tashkilot va idoralarda, ijtimoiy obʼektlarda, savdo majmualari va bozorlarda, aholi orasida targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.

Aytish kerakki, yongʻin bilan bogʻliq sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yongʻin xavfsizligi oyligining asosiy vazifasi etib belgilangan.

Jumladan, ishchi guruhi masʼullari toifalangan obʼektlar joylashgan inshootlarda ishchi-xodimlar uchun tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Yonish va portlash xavfi hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori boʻlgan obʼektlar, shuningdek, odamlar gavjum boʻladigan joylarda yongʻin xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilinishi zarurligi eslatib oʻtilmoqda.

Shu bilan birga, olovli va boshqa yongʻin xavfi mavjud ishlarni xavfsiz bajarish tartibi va obʼektning xodimlari oʻrtasida yongʻin sodir boʻlgan vaqtda harakatlanish, tegishli yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish orqali ularni yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlariga oʻrgatish asosiy maqsad qilib olingan.

Oylik doirasida tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi bilan hamkorlikda bozorlar va savdo majmualarida taom tayyorlash maqsadida maishiy gaz ballonlaridan notoʻgʻri foydalanishga yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilmoqda va bu borada joylarda kunlik oʻrganishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, koʻp qavatli savdo majmualari va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, shu jumladan yakka tartibdagi aholi turar joylarida pech va dudburonlarning xavfsizlik qoidalari va yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi oʻrganib chiqilmoqda. Shu bilan birga targʻibot davomida fuqarolarga zarur tavsiyalar berilmoqda.

Shu oʻrinda aytish lozimki, yirik savdo majmualari, bozorlarda, ovqalanish obʼektlarida, aholi xonadonlarida olib borilayotgan yongʻinga qarshi oʻrganishlar jarayonida aniqlangan nostandart, qoʻlbola gaz va sovutish uskunalari hamda boshqa turdagi inson umriga xafv soluvchi yaroqsiz moslamalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tadbirkorlik obʼektlarda uskuna va jihozlar sinov muddatlari doimiy nazoratga olingan boʻlib, yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan obʼektlarda ish faoliyati darhol toʻxtatiladi.

Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan ijtimoiy obʼektlarda olib borilayotgan targʻibot ishlarida yongʻin keltirib chiqaruvchi moslamalardan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etish shartligi, xususan, uskunalar va oʻtkazgichlarni quyosh nuri tushadigan joylarda saqlamaslik kerakligi alohida uqtirilmoqda.

Yongʻin qayerda boʻlmasin, oʻzining mudhish izlarini qoldiradi. Ushbu ofat natijasida qanchadan-qancha odamlar boshpanasiz qolishi, salomatliklarini yoʻqotishi va ayrim hollarda esa insonlar bevaqt halok boʻlishlari hayotiy misollar bilan tushuntirilmoqda.

Tadbir davomida kamchilik va nosozliklar aniqlangan taqdirda aholi va tadbirkorlarga ogohlantirishlar berilib, zarur hollarda jarimalar solinmoqda. Bino va obʼektlar egalariga elektr uskunalarini doimo nazorat qilish, eskirgan elektr simlarini oʻz vaqtida almashtirish, xonalarda yosh bolalarni hamda qariyalarni qarovsiz qoldirmaslik, koʻrikdan oʻtmagan maishiy uskunalardan foydalanmaslik lozimligi taʼkidlanmoqda. Shuningdek, yongʻin xavfsizligiga oid eslatmalar tarqatilmoqda.

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026