30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 17:37
Jamiyat 👁 239

MAHALLALARDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISh YuZASIDAN SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

MAHALLALARDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISh YuZASIDAN SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida hududdagi mahallalarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jamoat xavfsizligini taʼminlash va ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish tartibi yuzasidan kasbiy bilimlarini yanada oshirish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi.

8-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan ushbu seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi ijtimoiy profilaktika boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Niyetbay Qidirbayev ishtirok etdi. Shuningdek, tuman hokimi oʻrinbosarlari Mahmud Shermetov, Goʻzal Soburova hamda tuman Ichki ishlar, Maktab va maktabgacha taʼlim, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari, Yoshlar ishlari agentligi masʼullari ham qatnashishdi.

Seminarda voyaga yetmaganlar, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida “mahalla beshligi”, yaʼni profilaktika inspektori, mahalla raisi, xokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi tomonidan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar belgilab olinishi, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda birgalikda ish olib borilishi kerakligi xususida soʻz yuritildi.

Shuningdek, profilaktika boʻyicha mahalla “beshligi”ning kunlik faoliyatini yangicha tizimda davom ettirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini tizimli olib borish boʻyicha kasbiy malakalar oshirildi.

Seminar davomida voyaga yetmaganlar, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida “Qoʻqon shahar tajribasi” asosida “mahalla beshligi” tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminar moduli hamda hamkorlikda ishlash boʻyicha metodik qoʻllanma ishlab chiqilgani, mazkur metodik qoʻllanmaga asosan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan oʻquv-seminarlar boʻlib oʻtayotgani taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Amudaryo tumani hududida voyaga yetmaganlar, yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatchilik holatiga alohida eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, tuman hududidagi mahallalarda, chekka qishloqlarda, jinoyatchilik salmogʻi ortgan “qizil” toifadagi hududlarda sodir etilgan, huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning asl sabablari, unga turtki boʻlgan omillar, mavjud kamchiliklar birma-bir tahlil qilinib, tegishli xulosalar qilindi.

Shuningdek, voyaga yetmagan va yoshlarning jismoniy va fiziologik rivojlanishi darajasi, ularning oʻtish vaqtida turli salbiy taʼsirlarga tushib jinoyat sodir etish holatlarining soni ortib borayotganligi ular bilan nafaqat profilaktik suhbat oʻtkazish, targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, balki tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlarni tashkil etish, har xil toʻgarak mashgʻulotlari, qisqa muddatli sport-harbiy yigʻinlarning tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi ham alohida aytib oʻtildi.

Undan tashqari, seminarga jalb qilingan masʼul xodimlar uchun tegishli mavzularida mashgʻulotlar oʻtkazildi. “Yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla beshligi”ning hamkorligi”, “Mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etish hamda ular ishtirokida jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirish mexanizmlari”, “Taʼlim muassasalari yoshlari oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish”, “Nizoli oilalar bilan ishlash va ularning farzandlarini ijtimoiylashuvini taʼminlash”, “Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va ijtimoiy profilaktikani tashkil etish”, “Mahalla – tuman – hudud” kesimida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishning samarali tizimini yaratish” kabi mavzulardagi mashgʻulotlarda keng malaka va tushunchalar berildi.

Oʻquv-seminar yakunida hududda “Qoʻqon shahar tajribasi” asosida jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarini maqsadli tashkil etish, bu borada ilgʻor tajribalarni ommalashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

M.Sitmuradov, tuman IIB JXX HPB katta inspektori, kapitan

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026