15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 11:03
Jamiyat 👁 296

“XAVFSIZ TUN” TEZKOR VA PROFILAKTIK TADBIRI OʻTKAZILDI

“XAVFSIZ TUN” TEZKOR VA PROFILAKTIK TADBIRI OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida hududda qonun ustuvorligini, fuqarolar, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Xavfsiz tun” tezkor profilaktik tadbiri tashkil etildi.

Shu yil 13-sentyabr kuni Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida koʻrsatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan ushbu tadbirda tuman Ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektorlari, Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi, prokuratura, Qoʻriqlash boʻlimi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi xodimlari, fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Tuman hokimligi binosi oldida dastlab tegishli topshiriqlarni belgilab olish boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ikkinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi bosh inspektori Qayrat Pirniyazov hamda tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoladdin Yusupov va boshqa masʼullar qatnashishdi.

Yigʻilishni tuman hokimi Sobir Xoʻjametov kirish soʻzi bilan ochib berdi va Prezidentimizning 2021-yil 29-noyabr kungi “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati xakida qisqacha toʻxtaldi. Ushbu Farmonning ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika miqyosida “Xavfsiz tun” tadbirlari oʻtkazilayotgani, barcha huquq-tartibot idoralarining jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi hamkorligi oʻz samarasini berishi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Yigʻilishda “mahallalar beshligi” ishlash tizimini kuchaytirish lozimligi, hozirgi kunda bu boradagi ishlar Prezidentimizning talablari boʻyicha yetarli darajada olib borilmayotgani, agarda shu beshtalik hamjihatlikda ish olib borsa, hech bir mahallada muammo qolmasligi taʼkidlandi.

Shundan soʻng Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash, tumandagi 12 ta “qizil” toifadagi mahallalarda vaziyatni barqarorlashtirish va “qizil” toifadan chiqarish boʻyicha muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ushbu kriminogen jinoyatchilik oshgan mahallalarda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Xavfsiz tun” tadbiriga tungi boʻlishtiruv amalga oshirilib, tegishli topshiriqlar berildi.

Tadbirga jalb qilingan xodimlarga mahallalarga boʻlingan holda tungi vaqtda bemaqsad yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazish, ushbu fuqarolarning shaxsiga oydinlik kiritish, bemaqsad yurgan shaxslarni huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmaslik toʻgʻrisida rasman ogohlantirish va boshqa vazifalar topshirildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 8 oyi davomida tumanda 12 ta mahalla “qizil” toifaga kiritilgan. Ushbu toifaga 1-sektor boʻyicha Beshtom, Gulzor, Oybek nomli mahallalar, 2-sektor boʻyicha Doʻrman, Qilichboy, Oʻrta qalʼa ovullari, Doʻstlik mahallasi, 3-sektor boʻyicha Kuyuk koʻpir ovuli va Oʻzbekiston mahallasi, 4-sektor boʻyicha esa Beruniy, Navoiy nomli mahallalar va Toshyop ovuli kiritilib, ularni “sariq” va “yashil” toifaga kiritish boʻyicha “yoʻl xaritasi” belgilab olingan.

“Xavfsiz tun” tadbiri davomida “qizil” toifaga kiritilgan ushbu hududlardagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari hamda boshqa jamoat joylari tekshirildi. Kechki vaqtlarda faoliyat olib boradigan koʻngilochar maskanlar va ularda ishlaydigan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Tadbirga jalb qilingan xodimlar voyaga yetmaganlarning tungi vaqtda ota-ona nazoratisiz yurishi salbiy holatlarga sabab boʻlishi, farzandlari tarbiyasini eʼtiborsiz qoldirgan ota-onalar ham javobgarlikka tortilishini aytib oʻtishdi. Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, ularga nisbatan beriladigan jazo choralari toʻgʻrisida ham tushunchalar berishdi.

Reyd davomida tuman markazida joylashgan tashkilot va korxona binolari qorovullari, qoʻriqlovchilari hushyor turish toʻgʻrisida ogohlantirildi. Ularga oʻzgalarning qarovsiz qoldirilgan mulklari, mulk egasini topish, shuningdek, mulklarni qarovsiz qoldirmaslik haqida fuqarolarga eslatib turish kerakligi toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xavfsiz muhitni yaratish, tumanni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish maqsadida hamkorlikda oʻtkazilgan “Xavfsiz tun” tadbirida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda muammolarni “mahallabay” va “xonadonbay” aniqlab hal etish, “ijtimoiy profilaktika” tizimini toʻliq joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari rahbarlari va oʻrinbosarlari “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarga shaxsan masʼul etib biriktirildi.

Tuman hududida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri oʻzaro hamkorlikda va uyushqoqlik bilan oʻtkazildi.

Ilhom Abutov, tuman IIB HPB boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019