SAYYoR SUD MAJLISIDA HUQUQBUZARLARGA JAZO TAYINLANDI
Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi oʻtkazildi.
2023-yil 12-sentyabr kuni Amudaryo muhandislik texnikumi binosida boʻlib oʻtgan ushbu sayyor sud majlisida tuman hududidagi mahallalardan birida yashovchi, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, huquqbuzarliklar sodir qilgan 6 nafar fuqaroga doir toʻplangan ish materiallari koʻrib chiqildi.
Sayyor sud majlisida huquqbuzarlar noqonuniy hatti-harakatlar sodir qilishganini, endilikda pushaymon ekanligini tan olishdi. Sud masʼullari har qanday huquqbuzarlik va jinoyat uchun jazo muqarrarligi, uni sodir qilgan shaxs qonunga muvofiq javob berishini tushuntirishdi.
Ushbu fuqarolardan 2 nafari Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi, 1 nafari 183-moddasi va 194-moddasi, 2 nafari 183-moddasi tegishli qismlarida koʻrsatilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgani uchun belgilangan jazoga loyiq deb topildi. Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi tegishli moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan yana bir fuqaro esa jabrlanuvchi bilan oʻzaro yarashgani sababli unga nisbatan ochilgan ish tegishli tartibda harakatdan tugatildi.
Hududlarda aholi oʻrtasida oʻtkazilayotgan bu kabi sayyor sud majlislari oʻziga xos ibrat va tarbiya maktabini oʻtamoqda. Shuningdek, fuqarolarning jinoyat va huquqbuzarliklarga jazo muqarrarligini tushunib yetishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
A.Safarov, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶