15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 11:03
Jamiyat 👁 241

"Tashabbusli byudjet"da gʻolib boʻlgan 7ta loyihaga 9 mlrd. 240 mln. soʻm mablagʻ ajratiladi

"Tashabbusli byudjet"da gʻolib boʻlgan 7ta loyihaga 9 mlrd. 240 mln. soʻm mablagʻ ajratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi “Byudjet maʼlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  3917-sonli  hamda  2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  5072-sonli qarorlari qabul qilingan.

Qarorga muvofiq 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonnnig taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va  sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida byudjet mablagʻlarining bir qismini jamoatchilik fikri asosida yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirilmoqda. Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida fuqarolarning faolligini oshirish hamda mamlakatimizda oʻtkazib kelinayotgan  ovoz berish  jarayonlarida faol ishtirok etib kelayotgan keng jamoatchilikni yanada ragʻbatlantirish, hududlardagi dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda fuqarolarning ushbu jarayonlarda faolligini oshirish maqsad qilingan.

Joriy yilning ikkinchi mavsumida  Amudaryo tumanining 2023-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasida jami 12 mlrd. 39 mln. 432 ming soʻm rejalashtirilgan.

Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan ochilgan Ochiq byudjet (openbudjet.uz) portalida 2023-yil 17-iyuldan 7-avgustga qadar boʻlgan davrda tuman fuqarolari tomonidan jami 116ta tashabbus kiritilgan. 2023-yil 26-avgustdagi ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda ushbu tashabbuslar komissiya aʼzolari tomonidan loyiha qiymatlari qayta koʻrib chiqildi. Shundan  9ta tashabbus belgilangan tartibga zid ekanligi sababli rad etilgan hamda ushbu takliflar boʻyicha tashabbus bergan shaxsning shaxsiy kabinetiga rad qilinishining asoslangan sabablari toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan.

Tanlab olingan 107ta tashabbuslar maʼsullar tomonidan qayta hisob-kitoblar qilinib, jamoatchilik oʻrtasida yigirma kun davomida ovoz berish jarayoniga ruxsat berildi.  Mavjud loyihalar uchun ovoz berish jarayoni joriy yil 27-avgustdan 16-sentyabrga qadar etib belgilandi.

Ovoz berish yakuniga koʻra, jamgʻarmada shakllangan mablagʻ doirasida eng koʻp ovoz olgan 7ta tashabbus “gʻolib” deb topildi. Jumladan, Qangli ovuli hududidagi Amuboʻyi koʻchasini 1,5 kilometr masofada asfalt qoplamasini yotqizish, Qoraman mahallasi hududida joylashgan  Yoʻldosh Oʻrazboy DXF 12,8 km. va 14,8 km. oraligʻini asfalt qilish, Qoramon mahallasi hududidagi avtomobil yoʻlining 4,6-6,7 kilometr oraligʻiga asfalt yotqizish, Toʻlqin ovuli hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻlining 2 kilometr masofagacha boʻlgan qismiga asfalt yotqizish yaʼni, 2023-yil birinchi mavsumda gʻolib boʻlgan loyihaning tugagan qismidan bajarish, Jumurtov - Kuyuk-koʻpir yoʻnalishidagi avtomobil yoʻlining 3-4,5 kilometr oraligʻidan boshlab 1,5 kilometr qismiga asfalt yotqizish, Jumurovul mahallasidagi 48-sonli maktab  hududiga universal sport maydonchasini qurish, Xolimbeg ovulidagi avtomobil yoʻlining 2 kilometr qismigacha asfalt yotqizish takliflari gʻolib deb topildi. Ushbu tashabbuslarning jami qiymati 9 mlrd. 240 mln. soʻmni tashkil qiladi.

Ovoz berish jarayonining ikkinchi mavsumida 80 ming 348 nafar fuqaro ishtirok etgan boʻlib, tumanimiz umumiy aholi soniga nisbatan  39 foizni tashkil qildi. Oʻtgan 2022-yil ikkinchi mavsumida 33 ming 276 nafar fuqaro ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Tumanimiz umumiy aholi soniga nisbatan 16,2 foizni tashkil qilgan edi. Ovoz berish jarayoni joriy yildagi ikkinchi mavsumida tumanimiz fuqarolari faolligi 2.4 barobarga ortdi.

Tashabbusli byudjet joriy yildagi birinchi mavsumida tumanimizdagi Toʻlqin, Jumurtov, Jumur ovul, Xolimbeg, Tor yop, Kuyuk-koʻpir, Choykoʻl, Navoiy,  Qoramon, Boʻz solma, Qilichboy, Uyshin,  Daryo boʻyi, Qangli, Qum-yop, Besh ovul, Tosh qalʼa, Oq-oltin, Oʻzbekiston, Namuna, Bosuv mahalla fuqarolari oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolarni hal etishda faol ishtirok etib, oʻz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha oʻz hissalarini qoʻshdi.

Prezidentimizning 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan amaldagi mexanizm yanada takomillashtirilib, oʻtgan yildan boshlab tuman va shahar byudjetlari xarajatlarining 5 foizi bevosita fuqarolar tomonidan bildirilgan tadbirlarga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, joylarda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aynan oʻzlarining tashabbuslari asosida yechimini topish imkoniyatini yaratish maqsadlariga ajratilayotgan qoʻshimcha daromadlarning 10 foizlik miqdori 30 foizga koʻtarildi.

Mazkur jarayonlarda fuqarolarning faol ishtirok etishi, oʻz hududlaridagi mavjud dolzarb muammolarni bartaraf etilishida hamda byudjet mablagʻlarini toʻgʻri taqsimlanishida oʻz hissalarini qoʻshishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019