30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:50
Adabiyot 👁 264

INShOLAR TANLOVI GʻOLIBLARI RAGʻBATLANTIRILDI

INShOLAR TANLOVI GʻOLIBLARI RAGʻBATLANTIRILDI

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi tomonidan “Obod mahallam” grant loyihasining ish rejasiga asosan joylarda turli uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari, tanlovlar oʻtkazilib kelinmoqda. Loyihaning maqsadi – atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga hissa qoʻshish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlikda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish, aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytirish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, atrof-muhit muhofazasiga hissa qoʻshishdir.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida Toʻlqin ovulida 70 sotix, Bobur nomli ovulida 20 sotix, Qum yop ovulida 20 sotix, Choykoʻl ovulida 20 sotix, Qilichboy ovulida 10 sotix, Farovon mahallasida 5 sotix yerda “Mahalla bogʻi” yaratiladi.

Quvonarli joyi shundaki, loyihaning asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi va Amudaryo televideniyesi tahririyatlari hamda “Jayxun ilhomlari” NNT bilan hamkorlikda ish olib borib katta natijalarni qoʻlga kiritmoqda. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ish olib borilib oʻrinlanayotgan ishlar natijasi butun respublika aholisiga tanishtirib borilmoqda.

Mazkur tashkilotlar birgalikda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini aholining keng qatlamiga tushuntirish maqsadida ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari vakillari ishtirokida uchrashuvlar, fuqarolar yigʻinlari huzuridagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻklamzorlashtirish boʻyicha komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari komissiyalari vakillari uchun oʻquv seminarlar tashkil qilib kelmoqdalar.

Aholi, ayniqsa yoshlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, tabiiy resurslarni tejashga daʼvat qilish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirish maqsadida tahririyatlar va jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yashil tabiatni asrash – oʻz qoʻlimizda”, “Koʻchat ekish ezgu anʼana”, “Men ekkan nihol” mavzularidagi insholar tanlovlari, “Tabiat va biz”, “Mahallam jamoli” mavzularidagi rasmlar tanlovlarining oʻtkazilishi tumanimiz yoshlari orasida isteʼdod egalarining juda koʻp ekanligini namoyon qildi.

Shu yilning sentyabr oyida esa “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi “Jayxun ilhomlari” NNT bilan birgalikda Qipchoq hududida joylashgan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Hashar – elga yarashar” mavzusida insholar tanlovini oʻtkazdi. Tanlovda hududdagi oʻn birta umumtaʼlim maktablaridan 31 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Yuqorida aytib oʻtkanimizdek, bu insholar tanlovida ham ishtirokchilar oʻzlarining ekologiyaga oid bilimlarining yuqori darajada ekanligini yana bir bor namoyish qildilar.

Insholar tanlovining yakuni badiiy kengash aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilib gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Unga koʻra tumanimizdagi 28-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Iroda Ozodboyeva “Mavzuga oid ravon fikrlari uchun” 1-oʻringa, 32-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Sabrina Tursunboyeva “Eng yaxshi, ezgulik targʻibotchiligi uchun” 2-oʻringa, 11-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Hakimbek Yoʻldoshev “Shaxsiy fikrini ravon bayon qilgani uchun” 3-oʻringa munosib deb topildi.

Shuningdek, 65-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Zilola Sattorberganova, 22-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Mahfuza Yaxshimurodova, 18-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Sevara Ismoilovalar insholar tanlovidagi “faol ishtiroki” uchun sovrindorlar safidan joy oldilar.

Gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan sovgʻalar, “Faxriy yorliq”lar tantanali ravishda topshirildi.

Oʻrozali REYIMOV

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026