HARBIY XIZMATChI OʻQUVChILAR BILAN UChRAShDI
Mamlakatimizda yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning koʻngliga Vatan himoyasi sharafli burch ekanligini chuqur singdirish , bugungidek dorilomon hayot tarzini bunyod etish yoʻlida kurashgan ota-bobolarimizga munosib izdosh boʻlishga intilishdek ezgu orzu-umidlarni shakllantirish borasida izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Vatanimiz kelajagi – yoshlar qoʻlida. Shu boisdan ham ularni har jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish ishi faqatgina taʼlim muassasalarininggina emas, balki barcha sohalar, keng jamoatchilikning umumiy vazifasidir. Buningdek ezgu maqsadga hissa qoʻshish uchun yaqinda Mangʻit shahrida faoliyat yuritayotgan 36-sonli maktabda oʻquvchilarning harbiy sohaga oid bilimlarini mustahkamlash, milliy armiyamizning kuch-qudrati haqidagi xabardorligini oshirishga xizmat qiluvchi tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda maktab chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi Mahmud Qurbonboyev, Mangʻit shahrida faoliyat yuritayotgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchisi Sherzod Atayevlar ishtirok etdilar. Oʻquvchilar bilan doʻstona suhbat tarzida boʻlib oʻtgan tadbirda Sherzod Atayev oʻzining kasbiy faoliyati , Vatan sadhadlarining daxlsizligini asrash yoʻlida xizmat qilish shararfli ish ekanligi xususida gapirib berdi, oʻquvchilarning sohaga doir savollariga batafsil javoblar qaytardi. Tadbir oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶