15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 08:58
Jamiyat 👁 220

KUZGI KOʻKALAMZORLAShTIRISh IShLARI QILIChBOY OVULIDA HAM JADAL DAVOM ETMOQDA

KUZGI KOʻKALAMZORLAShTIRISh IShLARI QILIChBOY OVULIDA HAM JADAL DAVOM ETMOQDA

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi nihol ekish mavsumiga Qilichboy ovulida ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Ovul hududidagi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari, aholi xonadonlarida loyiha doirasidagi koʻkalamzorlashtirish va toʻqsonbosti ekinlarini ekish ishlari jadal davom etmoqda.

26-oktyabr kuni ushbu ovulda koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, toʻqsonbosti ekinlarini ekish va parvarishlashni yanada samarali tashkil etishga qaratilgan xayrli tadbirlarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, sektorlar rahbarlari, fuqarolar yigʻini masʼullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab ovul fuqarolar yigʻinida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov hamda sektorlar rahbarlari ishtirokida yigʻinda faoliyat olib borayotgan masʼullar tomonidan oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot maʼruzalari tinglandi. Shuningdek, fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi”ning vazifalari va faoliyatini toʻgʻri yoʻnaltirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Maʼlumki, ovul va mahallalarda tashkil etilgan “beshlik tizimi” endilikda “mahalla yettiligi”ga aylantirilib, ular qatorida mahalla boshqaruviga soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimi ham faoliyat boshlaydi. Ehtiyojmand aholini roʻyxatga kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar mahallaning oʻzida hal qilinadi.

Yigʻilishda shu kabi masalalar yuzasidan soʻz yuritilib, mahallada qulay va elektron ish yuritish yoʻlga qoʻyilishi, amaldagi uchta platforma – “Onlayn mahalla”, “Xotin-qizlar”, “Yoshlar portali” oʻzaro integratsiya qilinib, yagona tizimda mujassamlashtirilishi taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” ishini muvofiqlashtirishda mahalla raislarining vakolatlari kengaytirilishi, ular hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimni ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha taqdimnoma kiritish vakolatiga ega boʻlishi kabilar toʻgʻrisida kengroq maʼlumotlar berildi.

Yigʻilishdan soʻng, tuman hokimi va sektorlar rahbarlari, fuqarolar yigʻini masʼullari ovul hududidagi 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurib, muassasa atrofidagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bilan tanishib chiqishdi. Masʼullar tashkilot hovlisida ajratilgan maydonga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxtlar koʻchatlarini oʻtqazish ishlarida ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ushbu maydonda 100 tupga yaqin manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Shuningdek, mahalla faollari hamda jamoatchilikka qishloq xoʻjaligi mutaxassislari tomonidan koʻchat ekishning oʻziga xos agrotexnik qoidalari haqida tushuntirishlar berildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasining ahamiyati, undan koʻzlanayotgan maqsadlar batafsil tushuntirildi, ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida fikrlar bildirildi.

Ovulga tashrif buyurgan masʼullar hududdagi aholi tomorqalaridagi toʻqsonbosti usulida ekilgan ekinlar parvarishi bilan ham tanishish maqsadida Qoʻchqor Nurimov xonadonida boʻlishdi. Hududdagi tajribali dehqon, namunali tomorqachilardan biri boʻlgan xonadon sohibi Qoʻchqor Nurimovning tomorqasi 16 sotixdan iborat. Tomorqaning 3 sotix maydonida issiqxona tashkil etilgan. Issiqxonada ukrop, kashnich, salat bargi kabi koʻkatlar, rediska, karam va boshqa sabzavotlar yetishtirilib, oilaning ehtiyoji va bozor taʼminlanadi. Qoʻchqor Nurimov oila aʼzolari bilan birgalikda toʻqsonbosti ekinlaridan piyoz va sarimsoqpiyoz ekishni, ulardan ham daromad olishni yoʻlga qoʻygan.

Tadbir ishtirokchilari ushbu ekinlar parvarishi boʻyicha tajribali dehqonning fikr-mulohazalarini tinglab, ekinlarni zararkunandalardan himoya qilish, qish davomidagi sovuqdan asrash, oziqlantirib borish boʻyicha tavsiya va maslahatlar ham berishdi.

Tadbir hududdagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida davom ettirildi. Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov taʼlim maskanida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, erishilayotgan yutuqlar, taʼlim-tarbiyani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan qiziqdi. Shundan soʻng, sektorlar rahbarlari va boshqa masʼullar ishtirokida maktab hovlisida koʻchat ekish ishlari tashkil etildi. Maktab hovlisidan loyiha doirasida yashil bogʻ yaratish uchun ajratilgan yer maydoniga manzarali daraxtlar, archa koʻchatlari oʻtqazildi va soha mutaxassislari tomonidan koʻchatlarni parvarishlashning agrotexnik qoidalari tushuntirildi.

Ovuldagi 83-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurgan masʼullar oʻquvchilarning tasviriy sanʼat yoʻnalishidagi ijodiy ishlari, erishilgan yutuqlari namoyish etilgan koʻrgazma bilan tanishishdi. Taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishgan masʼullar oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati bilan qiziqishdi.

Maktabda faoliyat koʻrsatayotgan sportning qoʻl jangi turi boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlariga turli yoshdagi oʻquvchilar jalb etilgan. Sport zalining yetarli darajada jihozlar bilan taʼminlangani mashgʻulotlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tajribali sport murabbiyi, jismoniy tarbiya oʻqituvchisidan sport mahorati va sirlarini oʻrganayotgan maktab yoshlari tuman, respublika miqyosidagi musobaqalarda faxrli oʻrinlar gʻoliblari boʻlishmoqda.

Ushbu maktab hovlisida ham masʼullar ishtirokida “Yashil makon”ning kuzgi mavsumidagi koʻchat oʻqazish ishlari boʻlib oʻtdi. Koʻkalamzor hududda joylashgan maskan atrofidagi yashillikni yanada koʻpaytirish maqsadida turli manzarali va mevali daraxtlar koʻchatlari ekildi.

Tadbir davomida tuman masʼullari ovul hududidagi “Amirxon” fermer xoʻjaligida amalga oshirilayotgan kuzgi ishlar bilan tanishdilar. Xoʻjalikda asosan paxta va gʻalla yetishtiriladi. Ayni paytda bugʻdoy nihollari unib chiqqan dalalarda texnikalar yordamida kuzgi oziqlantirish ishlari davom etmoqda. Qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari nihollarning oʻsib rivojlanishida bargdan oziqlantirish, yaʼni suspenziya sepish katta ahamiyatga egaligini, bunday oziqlantirish barcha fiziologik jarayonlarni jadalllashtirib, tashqi muhitga chidamliligi, mineral oʻgʻitlar samaradorligini oshirishini taʼkidlab oʻtishdi.

Tadbir ishtirokchilari fermer xoʻjalik hududidagi dala chetlariga uzum koʻchatlarini oʻtqazishdi. Shuningdek, uzumchilik bu – xalqimizning asrlar davomidagi milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyati, gʻururi va daromad manbai hisoblanishini, uning iqtisodiy samaradorligi ham, ijtimoiy ahamiyati ham kattaligini alohida taʼkidlashdi va kelgusida tumanda uzum yetishtirish koʻlamini kengaytirishga doir rejalar borasida ham soʻz yuritildi.

 Prezidentimizning “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlarini boshlash borasida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizning barcha hududlarida shu kabi ishlar jadal amalga oshirilmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019