30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:47
Jamiyat 👁 234

XOTIN-QIZLAR ZOʻRAVONLIK QURBONI BOʻLMASLIGI KERAK!

XOTIN-QIZLAR ZOʻRAVONLIK QURBONI BOʻLMASLIGI KERAK!

Dunyoda hech bir inson tazyiq va zoʻravonlikdan mutlaq himoya qilinganman, deb ayta olmaydi. Zoʻravonlik hodisasi atrofimizda, turli odamlar hayotida uchrab turadigan ijtimoiy illatlardan biridir.

Tazyiq va zoʻravonlik holatiga koʻpchilik hollarda xotin-qizlar duch keladi va bu illatga barcha yoshdagi, barcha ijtimoiy qatlamlardagi, barcha xulq-atvordagi ayollar toʻqnash kelishi mumkin.

Ayollar shuni esda tutishlari lozimki, tazyiq va zoʻravonlikdan, uning har qanday koʻrinishlaridan oʻzini himoya qilish – ayol kishining, har bir qiz, har bir kelin, har bir uy bekasining davlat hujjatlarida belgilab qoʻyilgan huquqidir.

Oʻzbekiston ayollari millati, ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy taʼminoti, maʼlumotidan qatʼiy nazar, oʻzini tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish huquqiga egadirlar. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qariyb 20tadan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarning oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni taʼminlash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Oʻzbekiston tarixida ilk bor 2019-yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar qabul qilindi. Ushbu Qonun hujjatlari xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi.

Yurtimizda zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika Markazi negizida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar Markazi va uning hududiy boʻlimlari ham tashkil etilgani bu boradagi eʼtiborga loyiq ishlardan biri boʻldi. Avvallari jamoatchilik asosida faoliyat yuritgan Markaz tumanlararo muassasaga aylantirilganidan keyin davlat tomonidan moliyalashtirildi.

Ayni paytda Amudaryo tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi namunali tumanlararo Markazi faoliyat yuritmoqda. 4 ta tuman qamrab olingan Markazga tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlar koʻrsatib kelinmoqda.

Shuningdek, bu yerda anonimlik, axborotning maxfiyligi, kasbiy mahorat va xavfsizlik tamoyillari asosida ham ayollarga ruhiy koʻmak berilib, har biri bilan individual shugʻullanilib, ogʻir holatlardagi xotin-qizlarni stressdan chiqarish borasida psixologik mashgʻulotlar, foydali maslahatlar, tavsiyalar berib kelinmoqda.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi namunali tumanlararo Markaziga joriy yilning oʻtgan davri davomida 322 nafar ayollar hamda 9 nafar erkaklar tomonidan murojaat qilingan boʻlib, ulardan 32 nafariga huquqiy yordam, 232 nafariga psixologik yordamlar, 6 nafariga tibbiy, 34 nafariga esa boshqa turdagi yordamlar koʻrsatildi. 29 nafari Markazda vaqtincha boshpana bilan taʼminlanib, reabilitatsiya dasturini oʻtadi.

Markazda ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning har qanday shakliga murosasiz munosabat muhitini qaror toptirish borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar oʻtkaziladi.

Aktsiya doirasida Xotin-qizlarning tazyiq va zoʻravonlikka  uchrashining oldini olish, bunday holatlarni  barvaqt aniqlash  maqsadida mahallalarda, taʼlim muassasalarida, shuningdek, korxona va tashkilotlarda “Zoʻravonliksiz oila – sogʻlom oila”, ”Biz zoʻravonlikka qarshimiz”, “Zoʻravonliksiz oila – sogʻlom jamiyat garovi” mavzularida  targʻibot tadbirlari olib boriladi.

Zero, xotin-qizlar zoʻravonlik qurboni boʻlmasligi kerak, ularni zoʻravonlikning har qanday koʻrinishidan muhofaza qilish har bir fuqaroning dolzarb vazifasidir.

 

Gavhar ChIMBAYChIYeVA,

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo namunali

tumanlararo Markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026