30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:31
Jamiyat 👁 215

TUMAN IIB XODIMLARI TINChLIK-OSOYIShTALIKNI ASRASh MAVZUSIDA TADBIRLAR OʻTKAZDI

TUMAN IIB XODIMLARI TINChLIK-OSOYIShTALIKNI ASRASh MAVZUSIDA TADBIRLAR OʻTKAZDI

Globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan hozirgi davr yurtimizning har bir fuqarosini ogohlikka, hushyorlikka undaydi. Boisi axborot texnologiyalari yuksak taraqqiy etayotgani undan foydalanuvchilarga axborot olish imkonini tobora kengaytirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardan nopoq maqsadlar yoʻlida foydalanishga harakat qilayotgandiniy ekstremistik, terroristik oqimlar uchun bu ayni muddao boʻlmoqda. Ular hali dunyoqarashi toʻla shakllanib ulgurmagan oʻsmir-yoshlarni oʻz domiga tortishda ham koʻpincha  axborot texnologiyalaridan foydalanishmoqda.

Shu oʻrinda farzandining yurish-turishini yaxshi nazorat qilmaydigan, ularning qiziqishlariga qarab ilm olishga, kasb-hunarga yoʻnaltirishga jalb qilmaydigan ota-onalar ham borligini inkor qila olmaymiz. Bular yot gʻoyalarni targʻib qilib, oʻz atroflariga qoʻllab-quvvatlovchi yoshlarni toʻplashga intilayotgan kuchlarga qoʻl kelayotir.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi Tezkor-qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish guruhi  xodimlari tumanimizda tinchlik-osoyishtalik hukmron boʻlishi uchun aholining terrorizm va ekstremizmga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish uchun turli taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Joriy yilning 22-dekabrida guruh xodimlari tumanimizdagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchilari, oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdilar. Uchrashuvda guruh xodimlari terroristik, ekstremistik tashkilotlarning jirkanch maqsadlari, tinchlik-osoyishtalikning bebaho neʼmat ekanligi xususida batafsil maʼlumotlar berdilar, yoshlar bunday tashkilotlar taʼsiriga tushib qolishdan ogohlantirildi. Shu kuni mazkur guruh xodimlari Qipchoq ovul fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan 1-sonli kasb-hunar maktabida ham boʻlishib, oʻquvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekstremistik faoliyatning, terroristik  faoliyatning har qanday koʻrinishi taʼqiqlanishi, ularning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, targʻib etish jinoiy  javobgarlikka olib kelishi mumkinligini batafsil tushuntirdilar.

Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli  va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida tahririyat xodimlari tuman Ichki ishlar boʻlimi tezkor qidiruv xizmati terrorizmga qarshi kurashish guruhi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan  nazorat tadbirlarida oʻquvchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Aytish joizki, ushbu guruh tomonidan joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida uzoq muddat xorijda boʻlib qaytgan fuqarolar bilan filtr soʻrovlari oʻtkazildi. “Xavf guruhi” toifasiga kiruvchi shaxslarning hatti-xarakatlari nazoratga olinib, ular bilan munosib xulq-atvorda boʻlish yuzasidan targʻibot olib borildi.

Joriy yilning oʻtgan davrida taʼlim muassasalarida, korxona-tashkilotlarda, fuqarolar yigʻinlarida 54ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlar davomida aholi, yoshlar terrorizm va ekstremizmdan ogoh etilib, yurtimizning tinchlik-osoyishtaligini asrashga daʼvat etildi, huquqiy ongini yuksaltirishga hissa qoʻshildi.

Tinchlik – bebaho neʼmat. Uni asrash barchamizning burchimiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026