30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:16
Jamiyat 👁 281

“MAHALLADA DUV-DUV GAP” TADBIRI OʻTKAZILDI

“MAHALLADA DUV-DUV GAP” TADBIRI OʻTKAZILDI

Yakunlangan yilning 22-dekabrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Maʼnaviyat va madaniyat faollari, adabiyot va sanʼat namoyandalari, shuningdek vazirlar, hokimlar ishtirok etgan yigʻilishda ijitmoiy sohani, xususan, maʼnaviyat va maʼrifat, taʼlimni yangi bosqichga koʻtarish borasida Prezidentimiz nutq soʻyladilar va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarga keng toʻxtaldilar, globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan tinchlik-osoyishtaligimizga tahdidlar tobora kuchayayotgan, vaziyatda aynan millat fidoyilari - uygʻoq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, sanʼat namoyandalari, maʼnaviyat va maʼrifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqishi zarurligini taʼkidladilar.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Tadbirlarda yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar xalqimizga yetkazilib, ularning koʻnglida Vatan taqdiriga daxldorlik hissini yuksalitirishga , faolligini oshirishga erishilmoqda.

Joriy yilning 4-yanvarida Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi tomoshalar zalida ushbu yoʻnalishda “Mahallada duv-duv gap” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi boshligʻi Islom Matkarimov, Qoraqalpoq Davlat universiteti professori Jubatqan Sagʻindiqov, tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli ijodkor, taʼlim faxriysi Tursunboy Abdullayev, “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imom xatibi Abdurahmon Matsapayev, tumandagi xavaskor ijodkorlar, faol nuroniylar, fuqarolar yigʻinlari xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda Goʻzal Soburova, Jubatqan Sagʻindiqov, Tursunboy Abdullayev, Abdurahmon Matsapoyevlar maʼnaviyat va maʼrifatning maʼno-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi oʻrni, ahamiyati xususida, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli gʻoya va mafkuralar taʼsiridan saqlash borasida maʼruzalar qildilar.

Maʼruzalarda Prezident rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida milliy gʻoyani rivojlantirish, ayollarning taʼlim olishi va kasb-hunar egallashiga eʼtiborni kuchaytirish, maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari, madaniyat markazlarini ishga tushirish, teatr va kino sanʼatini rivojlantirish borasida qator tashabbuslar ilgari surilgani alohida eʼtirof etildi.

Haqiqatan ham, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, jahon miqyosida taraqqiyot surʼatlari shiddatli tus olgan, oʻta ziddiyatli jarayonlarning taʼsiri mamlakatimizda ham sezilayotgan bir vaqtda maʼnaviyatga, maʼrifatga yuksak eʼtibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.

Yigʻilganlar maʼruzalar orasida tuman Madaniyat boʻlimiga qarashli ijodiy jamoalar vakillari ijrosida milliy merosimiz boʻlgan xalq qoʻshiqlari va raqslarini maroq bilan tomosha qildilar.

Tadbir bunday tarzda tashkil etilgani bejiz emas. Boisi sanʼatkorlar, yozuvchi, shoirlar, ziyolilar aynan maʼnaviy tarbiya targʻibotchilari hisoblanishadi.

“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” gʻoyasini ifoda etgan “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy targʻibot tadbiri barcha ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026