EHTIYoJMAND AHOLI XONADONLARINING TOM QISMINI YoPISh IShLARI AMALGA OShIRILMOQDA
Tumanimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, uni betalofat oʻtkazish, mavjud muammolarni bartaraf etish, xususan, tumanimiz hududida ehtiyojmand oilalarning uylarini mavsumga tayyorlash borasida eʼtiborga molik ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi "Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori asosida Amudaryo tumanidagi ogʻir turmush sharoitidagi aholining uy-joylarining tom qismini yopish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha ovul va qishloqlardagi aholi turar joylari hamda ichki yoʻllar holati boʻyicha oʻtkazilgan xatlovda ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli 21 ming 94 ta uy-joylarning tom qismini taʼmirlash hamda 709 ta yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish ishlari rejalashtirilgan edi.
Bugungi kunda bu boradagi amaliy ishlar tumanimizning har bir ovul va mahallalarida ham amalga oshirilmoqda. Tumanimizda 1 ming 856ta aholi xonadonlarining tom qismini taʼmirlash va yopish rejalashtirilgan boʻlib, shulardan hozirgi kungacha 957ta xonadonlarning tom qismini yopish uchun shifer yetkazib berildi.
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶