14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 23:06
Jamiyat 👁 362

Har bir mahallaga 500 million soʻm: Qoraqalpogʻiston mahallalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar evaziga qanday ishlar amalga oshirildi?

Har bir mahallaga 500 million soʻm: Qoraqalpogʻiston mahallalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar evaziga qanday ishlar amalga oshirildi?

2023-yilning 30-mart kuni hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish maqsadida Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurgan mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 3 ta yangi tashabbusni ilgari surgan edi.

Qoraqalpogʻiston sanoatini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish doirasida hududdagi 452 ta mahallaning har biriga toʻgʻridan-toʻgʻri 500 million soʻmdan qoʻshimcha mablagʻ ajratililishi belgilandi. Buning uchun alohida Qoraqalpogʻiston mahallalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil qilinib, unga 2023-yilda 250 milliard soʻm ajratildi.

Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalarda yurtboshimiz tomonidan qaratilgan yuksak eʼtibor va ishonchni oqlash, yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalanish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ajratilgan mablagʻ ovul va mahallalarda insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilashga, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga yoʻnaltirilmoqda.

Xususan, Farovon mahallasi hududidagi Xalqobod koʻchasidagi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan transfarmator oʻrnatildi, elektr liniyalari tortildi va tayanch ustunlari oʻrnatildi. Shu orqali elektr energiyasi bilan bogʻliq muammaolar hal qilindi. Shuningdek, Kimyogarlar-4 koʻchasidan Kimyogarlar-16 koʻchasigacha yoʻllarga tosh yotqizildi. Bu orqali piyodalar va haydovchilar uchun yoʻllarda harakatlanish yanada osonlashdi. Qolaversa, Kimyogarlar koʻchasiga bolalar maydonchasi qurildi. Farovon MFY binosiga quyosh paneli oʻrnatildi hamda mahalla hududidagi yoʻl chetiga piyodalar yoʻlakchasi qurildi.

Ajratilgan mablagʻ hisobidan Doʻstlik mahallasida ham xayrli va samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Doʻstlik MFY maʼmuriy binosiga quyosh paneli oʻrnatildi. Mahalla hududidagi Shoʻrchi, Gurlan berk koʻchalariga tosh yotqizildi. Shoʻrchi koʻchasiga ichimlik suvi tarmoqlari tortildi hamda Doʻstlik koʻchasiga kuzatuv kameralari oʻrnatildi.

Bu boradagi tizimli ishlar Yangiobod mahallasida ham amalga oshirildi. Xususan, mazkur mahalla fuqarolar yigʻini binosiga ham quyosh paneli oʻrnatildi va shu orqali bino elektr energiyasi bilan taʼminlandi. Shuningdek, Yangiobod mahallasi hududidagi Abdulla Avloniy koʻchasiga yangidan elektr liniyalari tortildi, tayanch ustunlari oʻrnatildi. Bu orqali hududdagi fuqarolar uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq muammolar oʻz yechimini topdi.

Yangiobod mahallasi hududidan oʻtuvchi kollektorga oʻrnatilgan koʻprikdan, yaʼni mahallaning Farovon mahallasi bilan chegarasidan 40-sonli umumtaʼlim maktabigacha piyodalar yoʻlakchasi qurildi. Ushbu piyodalar yoʻlakchasining qurilishi mahalla aholisi, ayniqsa, maktab oʻquvchilarining yoʻllarda harakatlanishlarida xavsizlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Mahallaning Amudaryo koʻchasiga bolalar maydonchasining qurilishi esa bolajonlarning boʻsh vaqtini maroqli oʻtkazishlariga zamin yaratdi.

Bir soʻz bilan aytganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Mahallalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan mablagʻlar mahallalar infratuzilmalarini takomillashtirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini hamda mavjud muammolarning samarali va tezkor hal etilishini moliyaviy va moddiy jihatdan taʼminlashda muhim vosita boʻlmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019