30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:12
Sport 👁 425

AMUDARYoDA VOLEYBOL BOʻYIChA TUMAN BIRINChILIGI MUSOBAQALARI BOʻLIB OʻTDI

AMUDARYoDA VOLEYBOL BOʻYIChA TUMAN BIRINChILIGI MUSOBAQALARI BOʻLIB OʻTDI

Amudaryoda sportning voleybol turi boʻyicha “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”ga bagʻishlab tuman birinchiligi oʻtkazildi.

17-18-fevral kuni tumandagi Ixtisoslashtirilgan maktab sport zalida kattalar oʻrtasida boʻlib oʻtgan tuman birinchiligi musobaqasining ochilish marosimida tuman Sport maktabining ommaviy sportni rivojlantirish va selektsiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahrom Soatov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi masʼullari, maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, tuman Sport maktabi murabbiylari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, tumanimiz sport sharafini nufuzli musobaqalarda himoya qilayotgan yurtdoshlarimiz, erishilayotgan yutuqlarni tilga olib oʻtdilar. Shuningdek, aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, sport turlari orqali sogʻlomlashtirish azal-azaldan eʼtirof etib kelinayotgani, bu esa sogʻlom muhitni yaratishga xizmat qilayotganini taʼkidlashdi va musobaqada ishtirok etish uchun kelgan jamoalarga omad tilashdi.

Shundan soʻng, tuman birinchiligi uchun qizgʻin bellashuvlar boshlab yuborildi. Musobaqalarda erkaklar oʻrtasida 11 ta, ayollar oʻrtasida esa 9 ta jamoa kuch sinashdilar. Tumandagi ovul va mahallalar, korxona-tashkilotlar, umumtaʼlim maktablari xodimlaridan tashkil topgan jamoalar gʻoliblik uchun harakat qildilar. Musobaqalar davomida barcha jamoalar oʻyin qoidalariga amal qilgan holda birdamlikda gʻalabani qoʻlga kiritishga intildilar.

Shuni eʼtirof etish joizki, bugungi kunda davlatimizda sport oʻyinlari kundan kunga ommalashib, sport jamoalarining shakllanib borish darajasi yuqorilamoqda. Ayniqsa, voleybol sport turi aholi va oʻquvchi-yoshlarda jamoaviylik, ahillik, birdamlik, hamjihatlik, mehr-oqibatni yanada mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Hozirda maktablarda jismoniy tarbiya fani darslari va darsdan tashqari mashgʻulotlar mobaynida voleybol sport turi orqali oʻquvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda turli xil zamonaviy metodlardan foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, voleybol sport turi yoshlarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan birga kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini ham oshirishda ham oʻrni katta.

Ikki kun davomida qizgʻin va murosasiz boʻlib oʻtgan voleybol musobaqalarida jamoalar oʻrtasidagi bahslarni hakamlar sinchkovlik bilan kuzatib, baholab bordilar. Natijaga koʻra erkaklar oʻrtasida tuman Ichki ishlar boʻlimi jamoasi birinchi oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni esa 45-sonli maktab jamoasi, uchinchi oʻrinni Qangli ovuli jamoasi qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Shuningdek, ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda birinchi oʻrin 28-sonli maktab jamoasiga nasib qilgan boʻlsa, Oq oltin ovuli jamoasi ikkinchi oʻrin, tuman Sport maktabi jamoasi esa uchinchi oʻrinni egallashdi.

18-fevral kuni boʻlib oʻtgan gʻoliblarni taqdirlash munosabati bilan oʻtkazilgan marosimda tuman Sport maktabi direktori Chorsham Tajimurodov, tuman Ichki ishlar boʻlimi masʼullari, Sport maktabi masʼullari, trenerlari qatnashishdi va gʻoliblarni yutuq bilan tabriklashdi.

Gʻolib jamoalarga tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovgʻalari bilan topshirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026