30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:12
Sport 👁 395

Boks boʻyicha hokim sovrini uchun musobaqalarda amudaryolik sportchilar umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egallashdi

Boks boʻyicha hokim sovrini uchun musobaqalarda amudaryolik sportchilar umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egallashdi

Mamlakatimizda aholini sport bilan shugʻullanishga faol jalb qilish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish borasida amaliy ishlar qilinmoqda. Zero, aholi, ayniqsa yoshlarning sogʻlom turmush kechirishida sport va jismoniy-tarbiyaning ahamiyati beqiyosdir. Sportni yanada rivojlantirish, kelajak egalarining har xil sport turlariga qiziqishlarini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida yurtimizni dunyoga tanitayotgan yetuk sportchilar yetishib kelmoqda.

Amudaryo tumanida sportni rivojlantirish, bolalar va oʻsmirlarni sportga qiziqtirish jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb qilish, Respublika bosqichiga olib chiqish maqsadida sportning boks turi boʻyicha hokim sovrini uchun musobaqalari oʻtkazildi.

Joriy yilning 15-19-fevral kunlari tuman Sport maktabining 1-filialida boʻlib oʻtgan musobaqalarda 2011-2012-yillarda tugʻilgan bolalar va oʻsmirlar ishtirok etdilar.

Musobaqalarda respublikamizning turli hududlaridan kelgan bokschi yoshlar qatnashdilar. Xususan, Jizzax viloyati Paxtakor tumani, Xorazm viloyati Xiva shahri, Gurlan tumani, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Taxiyatosh tumanlari hamda Amudaryo tumani bolalar va oʻsmirlar jamoalari ishtirok etdilar.

Musobaqalarda 13 ta vazn toifasi boʻyicha, har vazn toifasidan bir nafardan sportchi, 1 nafar murabbiy va bir nafar hakam qatnashdi.

4 kun mobaynida boʻlib oʻtgan bellashuvlar murosasiz va bahslarga boy tarzda oʻtdi. Sportchilar bor kuch va imkoniyatlarini ishga soldilar, gʻoliblikni qoʻlga kiritish uchun astoydil harakat qildilar.

Aytish joizki, hokim sovrini uchun musobaqalar boks sport turini maktab oʻquvchilari va aholi oʻrtasida ommaviylashtirish, joylarda turli yosh guruhidagi aholi oʻrtasida boks boʻyicha tayyorgarlik darajasini aniqlash, tuman terma jamolarini shakllantirish maqsadida mazkur sport turi boʻyicha eng kuchlilarni aniqlash, murabbiy va hakamlarning malakasini, masʼuliyatini oshirish kabi ustuvor maqsadlarga yoʻnaltirilgan.

Shu oʻrinda qayd etish joizki, mamlakatimizda yoshlarning boksga boʻlgan ommaviy qiziqishini inobatga olib, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash tizimini yanada takomillashtirish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularning moddiy ragʻbatlantirilishini yaxshilash, shuningdek, oʻzbek boksining dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish maqsadida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori sohani yanada takmillashtirishda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Mazkur qaror boksni aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish, boks infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda xalqaro talablarga moslashtirish, boks maktablarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida koʻpaytirish maqsadida qabul qilingan. Qaror bilan boks boʻyicha professional trenerlar va hakamlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, ilmiy-metodologik bazani yanada kuchaytirish kabi boksni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berilgan. Soha masʼullari tomonidan ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.

19-fevral kuni boks boʻyicha hokim sovrini musobaqalarining final bosqichi yakunlandi hamda gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Murosasiz kechgan bahslarda eng kuchli sportchilar gʻoliblar safidan joy oldilar.

Taqdirlash marosimida tuman hokimi oʻrinbosari Nodir Kamolov, tuman Sport maktabi direktori Charsham Tajimuratov, Oʻzbekiston Respublikasi boks Federatsiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi bosh murabbiyi Rashid Saitov, tuman Mudofaa boʻlimi boshligʻi Sherzod Murodovlar soʻzga chiqib, musobaqada ishtirok etgan barcha sportchilarga kelgusi sport musobaqalarida omadlar va muvaffaqiyatlar tiladilar. Ularning ota-onalari va murabbiylariga minnatdorchilik bildirdilar.

Shundan soʻng bellashuvlardagi bahslarda 13 ta vazn toifasida gʻoliblar va sovrindorlar tuman hokimligi va tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Final bosqichi yakuniy natijalariga koʻra 7 ta vazn toifasi boʻyicha bahslarda amudaryolik bokschilar umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni egalladilar. 2 ta vazn toifasida Nukus shahri sportchilari, 2 ta vazn toifasida Gurlan tumani sportchilari, 1 vazn toifasida Xiva shahri, 1 vazn toifasida Qoʻngʻirot tumani sportchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Tashkilotchilar tomonidan 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblarga oltin, kumush va bronza medallari, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Taʼkidlash joizki, sportni rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan bu kabi amaliy ishlar yoshlarni milliy gʻoya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bolalar va oʻsmirlar qalbiga va ongiga Vatan himoyasi sharafli, muqaddas burch ekanligini chuqur singdirish va yoshlarni vatanparvarlikka undashda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026